Xayrli niyatlariga erishishini kechikishiga sabab bo‘lish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh siz-u bizga dunyo va oxirat saodatini nasib etsin. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining «Sunniy aqiydalar» kitobida hadislarning sahihligini tekshirish haqida gap ketganda, roviylarni o‘rganish jarayonida ularning ko‘chada ovqatlanishi «beparvolik» sifatida ta’riflangan. Bunda ko‘cha-ko‘ydagi oshxonalarda taomlanish nazarda tutilganmi (Agar, ko‘chada yurib ovqatlanish nazarda tutilgan bo‘lsa, bu haqda o‘qib oldim)? Alhamdulillah, musulmon yurtdamiz, oshxona-restoranlarimiz taomlari biz uchun halol, lekin taomni tayyorlashda ayrim oshpazlar tomonidan e’tiborsizlik qilinishi, gigienaga rioya qilinmasligi mumkin (hammani shunday deyish fikridan yiroqman). Shundan so‘ng menda savol tug‘ildi. Inson foydali ilmlarni egallash niyatida bo‘lsa, yuqoridagi omillar sababli kishi luqmasiga harom, shubhali yoki nopok narsa aralashsa, u insonning xayrli niyatlariga erishishini kechikishiga sabab bo‘lishi mumkinmi?
Imkon qadar uyda yoki tayyorlanish jarayoni ishonchli bo‘lgan joylarda ovqatlangan ma’qulmi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sabab bo‘lshi mumkin. Albatta imkon qadar uyda, yoki tayyorlanish jarayoni ishonchli bo‘lgan joylarda taomlangan ma’qul. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 00:48 | Savol-javoblar | 164 | Dolzarb savollar