Injil tarixi haqida

Assalomu alaykum! Shayx Muhammad Sodiq Muxammad Yusuf Xazratlarini bir ma’ruzalarida mavlud xaqida va nasorolar bilan muzokara o‘tkizganliklarini aytib bergan ekanlar. Injilning Iso alayxisalom emas boshqa bir kishi u zoti alayxisalom o‘tgandan 20-30 yil o‘tib yozib chiqanligini aytdilar. Shu xaqida bir tanishim bilan tortishib qoldik, u injil Iso alayxisalomga nozil bo‘lgan dedi. Men esa Shayx Xazratlarini ma’ruzalarini qo‘yib ko‘rsatsam, Shayx xam adashishi mumkin deb men bilan tortishdi. Injilning tarixi xaqida aniq ma’lumotlarni internet orqali topa olmadim va ba’zilarida injil Iso alayxisalomga nozil bo‘lgan deyilgan ekan. Sizlar orqali aniq ma’lumotlarni bilishni xoxlab savol yollamoqdaman. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! INJILLAR HAQIDABiz musulmonlar Alloh taolo Iyso alayhissalomga Injilni nozil qilganiga iymon keltiramiz. Busiz iy-monimiz komil bo‘lmaydi. Lekin hozir o‘sha ilohiy ki-tobning o‘zi yo‘q.
Iyso alayhissalomdan keyin ba’zi kishilar o‘zlari kitob yozib, «Injil mana shu, u menga vahiy qilindi, men yozib oldim», deb chiqishdi.
Shu o‘rinda ushbu g‘oyatda muhim masalaga yana alohida to‘xtalib o‘tishni lozim topdik. Ba’zi kishilar tomonidan yozilgan ana shu «injil»lar Alloh taolo tomonidan Iyso alayhissalomga nozil qilingan va Qur’onda zikri kelgan Injil hisoblanmaydi. Iyso alayhissalomga Alloh tao-lo tomonidan nozil qilingan Injil hozirda mavjud emas. Hozirda mavjud bo‘lgan va «Injil» deb nomlanayot-gan kitoblar biz musulmonlarning huzurimizdagi, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam-ning hayotlarini bayon qiluvchi siyrat kitoblari kabi, Iyso alayhissalomning hayotlari bayon qilingan, u zotdan keyin yozilgan kitoblardir.
Shunday qilib, Injilni «yozuvchilar» soni asta-sekin ko‘payib boraverdi. Ularning har biri o‘zining Injili haq ekanini da’vo qilar edi. Orada gap-so‘z, oldi-qochdi ko‘paydi, ixtiloflar kuchaydi.
Shunda, avval aytib o‘tilganidek, imperator Konstan-tin milodiy 325 sanada Niqiyada (Nicea) katta majlis chaqirdi. Imperator majlis ahli oldiga mavjud Injil-lardan eng ishonchlisini tanlab olish vazifasini qo‘ydi. Ular uzoq tortishuvlardan keyin to‘rt dona Injilni tan-lashdi.
«Yahyo qamab qo‘yilganidan so‘ng Iyso Jalilaga qayt-di. U Xudoning Shohligi haqida xushxabar tarqatdi. «Vaqti-soati keldi, Xudoning Shohligi yaqinlashib qoldi. Tavba qilinglar, Injilga iymon keltirin-glar!» deb e’lon qilib yurdi» (Mark 1/14-15).
Mark keltirgan mazkur jumlalardan ko‘rinib tu-ribdiki, Iyso alayhissalom xalqni Injilga iymon kel-tirishga da’vat qilganlar. Huzurimizdagi mavjud In-jillar u zotdan keyin yozila boshlaganini e’tiborga ola-digan bo‘lsak, aynan o‘zlariga Alloh tomonidan nozil qilingan Injilga iymon keltirishga da’vat qilganlari-ga amin bo‘lamiz.
Masihiy injilshunos olimlar ham «Qadimda Iyso alayhissalomga nisbat berilgan Injil bo‘lgan, biroq u Iyso alayhissalomdan keyin ko‘p vaqt o‘tmay yo‘qolgan bo‘lishi mumkin», degan fikrni ilgari surishadi. Ba’zi-lari esa o‘sha Injil saqlanib qolgani, to‘rtinchi asrlarda u Cherkov tomonidan apokrif (tan olinmagan) hisoblan-ib, yo‘q qilishga qaror qilingani va ijro o‘sha paytlar-dayoq amalga oshirilganini aytishgan.
Hozirda nasorolar e’tiqod va amal qiladigan to‘rt Injil quyidagilardir:
Matto (Matfey) Injili
Bu eng qadimgi Injil hisoblanadi. Uning yozilgan yili haqida aniq bir to‘xtamga kelinmagan. Turli manba-larda milodning 37 yilidan 105 yillarigacha bo‘lgan sa-nalar keltirilgan. U ibroniy tilda yozilgan edi, ammo o‘sha asl ham yo‘qolib ketgan bo‘lib, hozirda bori uning tarjimasidir. Lekin tarjimon ham, u qaysi matndan tarjima qilgani ham hozirgacha ma’lum emas.
Mark Injili
Bu Injil 63-68 yillar oralig‘ida yozilgan deb taxmin qili-nadi. U yunon tilida yozilgan bo‘lib, uni kim yozgani noaniq. Ba’zi nasorolar «Uni Butrus (Petr) yozgan» desa, boshqalari «Uni Butrusning o‘limidan keyin Mark yozgan», deyishadi.
Luqo (Luka) Injili
Bu Injil 53-90 yillar oralig‘ida yozilgan bo‘lishi mumkin. Luqo Iyso alayhissalomning shogirdlaridan emas. U Pavelning shogirdi. Uning ustozi ham Iyso alayhissalomni ko‘rgan emas. Buning ustiga, Pavelning nasorolikka dushman bo‘lgan yahudiylardan ekani zikr etilgan.
Yuhanno (Ioann) Injili
Bu Injil 68–98 yillar oralig‘ida yozilgan deb taxmin qili-nadi. Ba’zi nasoro toifalar: «Uni Iyso alayhissalomning shogirdlaridan biri Yuhanno ibn Zabdiy yozgan», deyishadi.
Besh yuzta taniqli nasoro olimlari ishtirokida yozilgan Britaniya entsiklopediyasida bu to‘rttala kitob ham qalbaki ekani haqida yozilgan.
Umuman olganda, Injillarning barchasi o‘zi mansub bo‘lgan kishilar tomonidan yozilgani ham, ular yozilgan sanalar ham o‘z tasdig‘ini topmagan. Chunki avval aytib o‘t-ganimizdek, ularning asl nusxalari yo‘q. Hozirda mavjud Injillar yuqorida sanab o‘tilgan Injillardan ko‘chiri-lgan nusxalar deb taxmin qilingan. Bu nusxalarning eng qadimiysi esa IV-V asrlarga tegishli bo‘lib, ular to‘liq kitob shaklida emas, balki bir necha parchalardan iborat bo‘lgan. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf «Olam va odam, din va ilm» kitobidan. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 02:58 | Savol-javoblar | 179 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar