Ro‘zador dori ichishi
Assalomu alaykum! Ramazon Ro‘zasi payti tishim qattiq og‘rigan edi, shu og‘riqdan ro‘zamni ochishga majbur bo‘lgan edim ya’ni og‘riq qoldiradigan dori ichgan edim. Endi buning uchun kafforat vojibmi yoki faqat qazosini tutsam kifoyami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qazosini tutib berasiz. Fizo (ozuqa) va dori-darmonni bemorlik, safar, majburlash, xato, beparvolik yoki shubha kabi shar’iy uzrlar ila tanovul qilsa, qazosini tutib beradi.
Bunday holatda teri ostiga ukol olinsa ro‘za buzilmas edi. Yana shunday holat bo‘lsa ahli ilm odamdan so‘rab keyin ish tuting aks holda 60 kun kafforot vojib bo‘lishi mumkin. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 15:36 | Savol-javoblar | 177 | Ro‘za