O‘z erini erga urgan ayol
Assalomu alaykum. Bundan sal kam 6 oy avval ayolim yolg‘iz o‘gil farzandimizni olib, qaynotasining ruxsat bermaganligiga qaramay, menga xech narsa demasdan, shomdan keyin uydan chiqib ketdi. bunga sabab, ayolm va onam o‘rtasida kelishmovchilik bo‘lganligi (bu kelishmovchilikka ayolimni o‘z uyiga jo‘natib, vaqtliroq kelishini tayinlab soat belgilaganim uchun qaynonam uyimizga kelib, onam bilan gap talashganligi va men bilan allamahalgacha yotog‘imda yuzma-yuz o‘tirib, shu masalani xal qilib ketganligi sabab) uchun onamning oldilarida ayolimga dakki berganim. mana 5-dekabrdan beri yolg‘iz yashayapman. shu vaqt oralig‘ida bizning tarafdan ayolimning ota uyiga 10 marta borildi. maqsad: o‘tgan ishlarni ortga tashlash ajrimga yo‘l qo‘ymaslik. Lekin ayolimning uyidagilar bu masalani xal qilishda bir-birlarini ro‘kach qilib kelishmoqda. Bu vaqt oralig‘ida men bilan bir dargohda ishlaydigan ayolimning xolasi, hamkasblar orasida men to‘g‘rimda har-xil tuhmat gaplarni tarqatib yuribdi.Ularning maqsadini keyinroq tushunishimcha, ayolim, onasi va buvisi meni o‘z jigarlarimdan ayirib, aloxida qilib olib chiqib ketmoqchi ekanlar. Axir er buyum emasku..? Shu maqsad yo‘lida ular uyimizga kelib ota-onamni taxqirlab ketishdi.Hurmatli shayx janoblari, ayolimga yur kelinlik uyingga, hammasini unutib hayotimizni davom ettiraylik, bolamiz haqqi-hurmati desam, men u uyda yashamayman dedi. Fikrimcha ayolimni buvisi yo‘ldan ozdiryapti. Sababi shu 6 oy ichida har ko‘rishganimda ayolim borgan sari betga chopar, andishasiz bo‘lib boryapti.Aytingchi, farzandimning tirik etim bo‘lishiga, oilamning uvoliga men sababchi bo‘lamanmi? nima qilishga xayronman, maslahat bering, iltimos..! Erta bir kun bu ishlar uchun Allohimning beradigan savollaridan va qaxridan qo‘rqyapman. Avvaldan javobingiz va maslahatingiz uchun rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Nima qilib bo‘lsa ham oilani tiklash kerak. Ayolga so‘zi o‘tadigan kishilardan yordam so‘rang. Alloh taologa duo qiling.
1 May 2022, 05:11 | Savol-javoblar | 160 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Nima qilib bo‘lsa ham oilani tiklash kerak. Ayolga so‘zi o‘tadigan kishilardan yordam so‘rang. Alloh taologa duo qiling.
1 May 2022, 05:11 | Savol-javoblar | 160 | Oila va turmush