tasbix namozi

ASSALOMU ALAYKUM OPAJON! KOP KITOBLARDA OQIYABMAN TASBEX NAMOZI GUNOHLARNIYUVUV’HI NAMOZ BUNI FAZILATI QANDAY QAYSI VAQITDA OQISAK BOLADI TUNNI U’HDAN BIR QISMIDA YANI TAXAJJUD VAQTIDA OQISAK JOZMI?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abbos ibn Abdulmuttalibga: «Ey Abbos! Ey amaki! Senga ato beraymi? Senga marhamat qilaymi? Senga lutf ko‘rsataymi? Seni o‘nta xislatli qilib qo‘yaymi? Qachon sen o‘shalarni qilsang, Alloh seni gunohingni: avvalgisiyu oxirgisini, qadimgisiyu yangisini, xatosiyu qasddanini, kichigiyu kattasini, siriniyu oshkorini mag‘firat qiladi. O‘sha o‘n xislat: to‘rt rakat namoz o‘qimog‘ing. Har rakatda «Fotiha»ni va bir sura o‘qiysan. Qachon birinchi rakatda qiroatdan forig‘ bo‘lsang, turgan holingda: «Subhanallohi val¬hamdu lillahi vala ilaha illalohu vallohu akbar» deb o‘n besh marta aytasan. So‘ng ruku qilasan va rukuda turgan holingda ularni o‘n marta aytasan. Keyin sajdaga yiqilasan va ularni sajda qilgan holingda o‘n marta aytasan. So‘ng boshingni sajdadan ko‘tarib, ularni o‘n marta aytasan. Keyin sajda qilib, yana o‘n marta aytasan. So‘ng boshingni ko‘tarib (o‘tirib) ularni o‘n marta aytasan. Ana o‘sha bir rakatda etmish beshtadir. Buni to‘rt rakatda ham qilasan. Agar bu namozni har kuni o‘qiy olsang, shuni qil. Agar qila olmasang, har jumada bir marta qil. Agar uni ham qila olmasang, har oyda bir marta qil. Agar uni ham qila olmasang, har yili bir marta qil. Agar uni ham qila olmasang, umringda bir marta qil», dedilar».Boshqa bir rivoyatda: «Agar sen er ahlining eng katta gunohkori bo‘lsang ham, albatta, u ila senga mag‘firat qilinur», degan jumla ziyoda qilingan. Abu Dovud rivoyat qilgan.Termiziyning iboratida: «Agar gunohlaring qumtepa mislicha bo‘lsa ham Alloh ularni sendan mag‘firat qiladi», deyilgan.Sharh: Ushbu hadisni Abu Dovud va Termiziydan boshqa Ibn Moja, Bayhaqiy, Ibn Xuzayma, hokim, Ibn hibbon, Ibn Muborak, Tabaroniy, Xatib, Ojuriy, Abu Sa’id as-Sam’aniy va Abu Muso Mananiy va Imom Buxoriy «Juzul Qur’on»da rivoyat qilgan.Ibn Abu as-Sayf al-Yamaniy «Al-lam’a fi rag‘oibi yavmil jumu’a» kitobida Termiziyning quyidagi gaplarini keltiradi: «Tasbehlar namozini juma kuni zavol paytida o‘qimoq mustahabdir. Birinchi rakatda «Fotiha»dan keyin «Takasur»ni o‘qiydi, ikkinchisida «Val asr»ni, uchinchisida «Kofirun»ni, to‘rtinchisida «Ixlos»ni» o‘qiydi, deb turib oxirida o‘qiydigan qo‘shimcha duoni ham keltirgan.Abu Usmon al-Xayriy az-Zohid: «Qiyinchiliklar va g‘am-g‘ussalar uchun tasbehlar namozidan yaxshi narsa ko‘rmadim», degan.

21 Aprel 2022, 06:20 | Savol-javoblar | 158 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar