Allohga vada berish

Assalomu alaykum! Alhamdulillah bu yil oliy ta’lim muassasiga o‘qishga kirdim, Ammo bu orada onam "Agar qizim o‘qishga kirsa, namoz o‘qishni boshlayman" deb Allohga vada bergan ekanlar. Faqat bomdod namozini o‘qiyman deb vada bergan ekanlar. Lekin bilamizki, namoz o‘qish farz, ya’ni o‘qishga kirganimda ham kirmagan vaziyatimda ham, namozimiz o‘qilishi shart bo‘lgan farz amalimiz hisoblanadi. Savolim shundan iboratki, bu holatdagi vada to‘g‘rimi? To‘g‘ri bo‘lmasa buning hukmi qanday bo‘ladi, Allohga berilgan vadalari to‘g‘rimi, endi onam namozni vaqtini cho‘zmasdan tezda o‘qishlari kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri va’da. Buni va’da qilsa ham qilmasa ham namozlarni o‘z vaqtida o‘qishni biz va sizni yo‘qdan bor qilgan va xohlaganida bordan yo‘q qilib qo‘yishga ham qodir bo‘lgan Alloh buyurgan. Namozga hech qanday holatda uzr yo‘q. Namozni qoldirganlar jazosi uchun aytilgan oyat bor. Oxiratning bir kuni bu dunyoning ming yiliga teng bo‘lishi haqida ham. فَوَيْلٌ لِّلْمُصَلِّينَ۝الَّذِينَ هُمْ عَن صَلَاتِهِمْ سَاهُونَ۝4. Bir «namozxonlar»ga vayl bo‘lsinki…5. Ular namozlarini unutuvchilardir.Alloh taolo “Haj” surasida marhamat qiladi:وَيَسْتَعْجِلُونَكَ بِالْعَذَابِ وَلَن يُخْلِفَ اللَّهُ وَعْدَهُ وَإِنَّ يَوْمًا عِندَ رَبِّكَ كَأَلْفِ سَنَةٍ مِّمَّا تَعُدُّونَ۝47. Sendan azobning tezroq kelishini so‘rarlar. Holbuki, Alloh va’dasiga zinhor xilof qilmas. Darhaqiqat, Robbing huzuridagi bir kun siz sanaydigan ming yildekdir. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 14:04 | Savol-javoblar | 194 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar