Oyat tafsiri
Assalomu alaykum! Yasin surasidagi bir jumlani tushuntirib bersangizlar. «Dunyo xayoti faqat aldov matosidir» . Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Oli Imron” surasi 185-oyatida :
وَما الْحَيَاةُ الدُّنْيَا إِلاَّ مَتَاعُ الْغُرُورِ
«Dunyo hayoti esa aldov matohidan boshqa narsa emas».
Bu dunyo aldamchi dunyo. O‘ziga qiziqqanlarni va oshiq bo‘lganlarni aldaydi va g‘ururga ketkazadi. Ammo haqiqiy matoh har qancha sa’yu harakatga loyiq narsadir. Chunki u do‘zaxdan uzoqlashtirilib, jannatga kiritilishga bois bo‘ladi. Qachonki inson qalbida ushbu haqiqat jo bo‘lsa, qalbdan dunyo hirsi ko‘tariladi. “Hadid” surasi 20-oyatida :
وَمَا الْحَيَاةُ الدُّنْيَا إِلَّا مَتَاعُ الْغُرُورِ
«Va dunyo hayoti aldov matohidan boshqa narsa emas».
Albatta, bu gaplar tarkidunyo qilishga, hamma narsadan yuz o‘girishga chaqiriq emas. Balki mezon va o‘lchovlarni to‘g‘ri yo‘lga solishga, o‘tkinchi hoyi-havasdan ustun bo‘lishga da’vatdir. ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
1 May 2022, 07:01 | Savol-javoblar | 144 | Qur’oni karim