Unashtirilgandan so‘ng

Assalomu alaykum! Yaqinda bir qiz bilan unashtirildik. Lekin to‘yni yana yarim yildan keyin qilmoqchimiz. Sizning saytingiz orqali yigit bilan qiz unashtirilsa ham, lekin bu hech narsani anglatmasligini, yigit bilan qiz to nikoh o‘qitilmaguncha bir-biriga nomahramligicha qolishini, ularning bir-biri bilan gaplashishi, uchrashishi harom ekanligini bildim. Shuning uchun u qiz bilan hozir nikohdan o‘tmoqchi edim. Lekin, ba’zilar nikoh o‘qitilgandan so‘ng ham uning o‘z shartlari borligini, nikohdan so‘ng qiz va yigit birga yashashlari shart ekanligini aytishdi. Savolim quyidagicha: U qiz bilan to‘yimiz bo‘lgunigacha avvaldan nikoh o‘qitib, u bilan birga yashamasdan faqat gaplashib, ko‘rishib yursam, to‘yimizdan keyingina birga yashasam bo‘ladimi? Yana bir savol, qonuniy nikohdan o‘tganlik guvohnomasini ko‘rsatishmasa, domla nikoh o‘qimaydi deb aytishdi.Bu gap ham rostmi? Oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Bo‘ladi. 2). Rost. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:51 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar