Elektron kitob

Assalomu alaykum! Man ingliz tilidan dars beraman. Avval internetdan yuklab olib kitoblardan foydalanib dars o‘tardim. Keyin bildim bu mumkinmas ekan. Ularni kompyuterimdan o‘chirib tashladim va qog‘oz variantlarini makulaturaga bervordim. Savolim avtori vafot etgan, nashriyot endi chiqarmay qo‘ygan eski versiya kitoblarni kopiyasini sotish va sotib olish mumkinmi va o‘z imkon doiramda sadaqa berib yursam kifoyami yoki maxsus kafforati bormi ishlatgan kitoblarim uchun? Ular xorij kitoblari bo‘lgani uchun avtor bilan bog‘lanish iloji yo‘q.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Endilikda to‘g‘ri yo‘ldan olib ishlatavering. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 22:35 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar