Telefonni zaryadkaga qo‘yish haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh qilayotgan yaxshi ishlaringizga sizlardan rozi bo‘lsin. Izlash xizmatidan topa olmadim. Men akademik litseyida o‘qiyman, biz kursdoshlar bilan ko‘pincha (deyarli har kuni) telefonimizni xonamizdagi tokka zaryadkaga tiqib qo‘yamiz. Savolim shuki, biz tokga tiqib qo‘yganimiz biz uchun halol bo‘ladimi? Chunki biz bu ishimiz uchun hech kimga hech qanday haq to‘lamaymiz. Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ma’muriyatdan rozilik so‘rang. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 07:22 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar