Zinokorlik
Assalomu alaykum! Do‘stimni nomidan yozaman. 5 vaqt namoz o‘qimoqdaman, ramazon ro‘zasini qoldirmay tutmoqdaman, xatmi Qur’on, taroveh namozini ham qoldirmay bormoqdaman. Hozirda oliy o‘quv yurtiga tayyorgarlik ko‘ryapman. Repetitorligim bir xonada bo‘ladi. Bir qiz bor, o‘zimdan itarsam ham yopishib olyapti. Irodam etmayapti. Zino qilib qo‘yishimizga oz qolyapti. Ro‘zaman desam ham tushunmayapti. Yaxshiyam gapirib ko‘rdim, yomon ham gapirib ko‘rdim. Vijdonim qiynalib ketyapti. Qo‘rqib ketyapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sun’iy yo‘l bilan bo‘lsa ham u qizni o‘zingizdan jirkanadigan qilib qo‘ying. Shariatimizda ikki nomahram yolg‘iz qolishdan qaytarilgan. وَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: لَا يَخْلُوَنَّ رَجُلٌ بِامْرَأَةٍ إِلَّا كَانَ ثَالِثَهُمَا الشَّيْطَانُ. رَوَاهُمَا التِّرْمِذِيُّ «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Bir erkak zinhor bir ayol bilan xoli qolmasin! Aks holda uchinchilari shayton bo‘lur», dedilar».
Ikkisini Termiziy rivoyat qilgan. وَلِلشَّيْخَيْنِ وَالتِّرْمِذِيِّ: مَا تَرَكْتُ بَعْدِي فِتْنَةً أَضَرَّ عَلَى الرِّجَالِ مِنَ النِّسَاءِ Ikki shayx va Termiziyning rivoyatida:
«O‘zimdan keyin erkaklarga ayollardan ko‘ra zararliroq fitnani qoldirmadim», deyilgan.
Sharh: Ayol kishi iymon-e’tiqodli, dindor, soliha, odob-axloqli bo‘lmasa, balo-ofat ekanligi haqidagi fikrga hatto ayollarning o‘zlari ham qo‘shiladilar.
Erkaklar boshiga ko‘pgina balolar noma’qul ayollar sababidan kelishini esa tajriba ko‘rsatib turibdi. Bunga tarix shohid. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 16:13 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom