Sinamoqchi bo‘lib sms yuboribman

Assalomu alaykum! Men xotinim bilan telefonda ko‘rib gaplashib yuraman. Bir kuni sinamoqchi bo‘ldim va sen boshqasi bilan gaplashib yuribsan deb rosa qiynab sinadim. Agar menga xiyonatkilgan bo‘lsang sen 3 taloq deb sms qilvordim va rosa afsuslandim. Bilmasdan taloq so‘zini tilga olganimga, dilda niyat yo‘q edi. Shunga javob bering iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar xiyonat qilgan bo‘lsa uch taloq, qilmagan bo‘lsa taloq tushmaydi. Uzoqdan turib bunday ishni qilmang. Yoki yoniga keling yoki yoningizga olib keting. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 07:22 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar