Nomahramlar bilan rasm va videolarni ijtimoiy tarmoqlarga joylash
Assalamu alaykum! Yoshim 23 da. Xozirda Xitoy davlatida o‘qiyabman, talabaman. Yo‘nalishim – elektron tijorat. Videolar olish, ijtimoiy tarmoqlarda jonli efirlani olib borish sohamni bir qismi. Shu sababli dars jaroyonida, yoki ish jaraoyonida ko‘p holatlarda nomahramlar (aksari g‘ayridin va hijob o‘ramagan) bilan videoga yoki rasmga tushish, ijtimoiy tarmoqlarda jonli efirlani olib borish holatlari mavjud. Asosan tadbirlar, marosimlar, har xil mahsulotlarga aloqador kontent (video, rasm, mulohazalar, efirlar) olingandan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarga shu kontetlar yuklaniladi (joylashtiriladi). Lekin u erda ayol-qizlar ham bo‘ladi. 1. Shu rasm va videolarni ijtimoiy tarmoqlarga joylasam bo‘ladimi? 2. Agar nomahram ayol-qizlar tushgan videoda ilmiy suhbat yoki foydalik ma’lumot ulashilayotgan bo‘lsachi? Shu holatni joiz va nojoiz nuqtalarini bilib olmoqchi edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nomahramlar bilang shariat belgilagan doirada muomala qilsangiz, ular ham fitnaga sabab bo‘luvchi holatda bo‘lmasa, oqibatidap ikki dunyo uchun foyda keltiruvchi holat bo‘lsa, joiz. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 21:18 | Savol-javoblar | 162 | Mediya