Hashr surasi haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, «Tafsiri hilol» kitobining 6-tomida 117-betda Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom: “Kimki tong chog‘ida 3 marta «A’uzu billahis-samiy’ul aliym minash shaytonir rojiym» desa va «Hashr» surasining 3 oyatini o‘qisa Alloh taolo salovot aytadigan 70.000 farishtani unga vakil qilib qo‘yadi. Agar o‘sha kuni vafot etsa shahid ketadi. Kimki kech kirganda o‘qisa, xuddi o‘sha martabaga erishadi», deb marhamat qilganlar». 1-savol ushbu duoning ma’nosi nima?
2-«Hashr» surasining 3 oyati diyilganda avvalgi 3 oyat nazarda tutilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Eshitguvchi, bilguvchi Allohdan quvilgan shaytondan panoh so‘rayman. 2). Oxirgi uch oyati. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 07:56 | Savol-javoblar | 161 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar