jufti halol so‘rash
Assalamu alaykum Shayx hazratlari, savolim shundan iboratki men bir qizni Alloh uchun suydim, uning uyiga sovchi yubormoqchi bo‘lgandim keyin uning o‘zga birovga fotiha qilib qo‘yishganini eshitdim, shundan beri har namozimda u qizni mening jufti halolim bo‘lishini Allohdan so‘rayman, fotiha qilish nikohlanish emasku, Allohdan u qizni jufti halolim bo‘lishini so‘rashim va shunga harakat qilishim to‘g‘ri sanaladimi? Javob uchun oldindan tashakkur!!!Assalamu alaykum va rohmatullohu va borakotuh.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Namozning ichidagi duoda odamlardan so‘raydigan narsalarni tilab duo qilsa, joiz emas. Chunki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muslim, Abu Dovud va Ahmad keltirgan rivoyatda: «Albatta, bu namozda odamlarning kalomidan hech narsa mumkin emas. U faqat tasbih, takbir va Qur’on qiroatidan iboratdir», deganlar».Bizda Payg‘ambar alayhissalomga salovotdan keyin «Allohummag‘firlii» deb boshlanadigan mashhur duoni o‘qish odatga aylangan.«Allohim! Menga falon narsani rizq qilib bergin!» «Fistonchini xotin qilib bergin», kabi duolar haromdir.Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kishi o‘z birodari sovchiligi ustiga, to undan oldingi sovchi tark qilguncha yoki unga izn berguncha sovchi qo‘ymas», dedilar». Beshovlari rivoyat qilishgan.Birov sovchi qo‘yib turgan joyga uning ustidan sovchi qo‘yish haromdir. Faqat birinchi sovchi qo‘ygan odam kelisha olmay sovchilikni tark qilganidan so‘ng yoki uning o‘zidan izn olgandan so‘nggina sovchi qo‘yish mumkin.Chunki birovning sovchiligi ustiga sovchilik qilish birinchi sovchining haqqiga tajovuz qilishdir.Bu ish tufayli kishilar o‘rtasida nizo, xusumat, adovat va urush-janjallar chiqadi.Shu bilan birga, birdaniga bir necha kishi sovchi qo‘ygan, ish pishmay turgan bo‘lishi mumkin. Ulardan hech biri bilan jiddiy muomala qilinmay ikkilanish va maslahat holati bo‘lishi mumkin.
1 May 2022, 05:54 | Savol-javoblar | 287 | Oila va turmush