Qarzini bermaganligi uchun

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ushbu savolga javobni izlash xizmatidan topolmaganligim uchun berishga qaror qildim. Qimmatli vaqtlaringizni olayotganim uchun ming bor uzr. Savolim shuki mendan qarz bo‘lgan insonlar imkoniyati bo‘laturib ham qarzini bermasa yoki berish niyati bo‘lmasa shu qarzdan kechmasdan qiyomatga qoldirsam bo‘ladimi yoki kechib yuborganim afzalmi? Javobingiz va musulmonlarga qilayotgan xizmatlaringiz uchun Allohning rahmati sizlarga yog‘ilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ijaraga odam yollab bo‘lsa ham olishga harakat qiling. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 08:20 | Savol-javoblar | 159 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar