Ro‘zador vaqtida ehtilom

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, kishi ro‘zador vaqtida ehtilom bo‘lib qolsa nima qilishi kerak? Ro‘zasi ochiladimi yoki yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Tushda bulg‘anish ro‘zani ochmaydi. O‘sha ishdan keyin turib eb-ichib yubormagan bo‘lsa o‘sha kunning ro‘zasi ado bo‘lgan bo‘lib, qazosi ham shart emas. Agar shundan keyin ro‘zam ochildi deb eb-ichib yuborgan bo‘linsa bir kun qazo tutiladi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 08:21 | Savol-javoblar | 178 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar