Futbol muxlislarining ahvoli
Assalomu alaykum! Barsa va Real muxlislari ko‘chada qarnay-surnay chalib, plakatlarni yozib olib bir-birini ustidan kulib yurish biz o‘zbek musulmonchiligiga to‘g‘ri keladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Musulmon kishi boshqa bir musulmonning ustidan kulishi, unga haqorat nazari bilan qarashi harom amal hisoblanadi. Xususan na diniy va na dunyoviy ishlarga aloqasi bo‘lmagan narsalarda bunday qilishi aqlli insonning ishi emas. Mo‘minning darajasi qandayligini quyidagi hadisdan bilib olishimiz kerak. Bir kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Oisha roziyallohu anhodan xursand bo‘lib, “Ey Oisha mendan xohlagan narsangni so‘ra” dedilar. Oisha roziyallohu anho juda ham ziyrak ayol edilar, bu fursatni qo‘ldan boy bermaslik uchun eng yaxshi narsani so‘rashni qasd qildilar va “Bu borada otam bilan maslahatlashsam” dedilar. Chunonchi Abu Bakr roziyallohu anhuning huzurlariga borib voqe’ani bayon qildilar. Abu Bakr roziyallohu anhu : “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam me’rojga chiqqanlarida Alloh taolo u zotga sirlarni aytgan. O‘shalardan birini aytib berishlarini so‘ra” dedilar. Oisha onamiz roziyallohu anho o‘sha narsani so‘radilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Robbim menga me’roj kechasida “Mening nazdimda mo‘minning darajasi shu darajada yuqoriki, qaysi bir mo‘min boshqa bir mo‘minning qalbiga xursandchilik solsa, albatta jannatiy bo‘ladi” dedi” dedilar. Oisha roziyallohu anho xursand bo‘lib Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuga bu gapni etkazgan edilar Abu Bakr qattiq yig‘ladilar. Oisha roziyallohu anho “Nega yig‘laysiz, axir bu xursandchilik xabar emasmi” deganlarida, “Bu, mo‘minning qalbi Alloh taoloning nazdida shu darajada qadrliki, kim unga ozor etkazsa, do‘zaxiydir” degani bo‘ladi – dedilar. عن مَيْمُون بْن مِهْرَانَ، قال: " قَالَ عُمَرُ بْنُ عَبْدِ الْعَزِيزِ لِجُلَسَائِهِ: "أَخْبِرُونِي بِأَحْمَقِ النَّاسِ" قَالُوا: رَجُلٌ بَاعَ آخِرَتَهُ بِدُنْيَاهُ فَقَالَ عُمَرُ: " أَلَا أُنَبِّئُكُمْ بِأَحْمَقَ مِنْهُ؟" قَالُوا: بَلَى. قَالَ: "رَجُلٌ بَاعَ آخِرَتَهُ بِدُنْيَا غَيْرِهِ. روى أبو نعيم في الحلية" Maymun ibn Mehron rahmatullohi alayhdan rivoyat qilinadi : Umar ibn Abdulaziz birga o‘tirgan kishilarga qarab : “Menga odamlarni eng ahmog‘i kim ekanligi haqida ayting” dedilar. Ular : “Dunyosini deb oxiratini sotgan kishi” deyishdi. Shunda Umar ibn Abdulaziz : “Sizlarga undan ham ahmoqroq kimligini aytib beraymi” dedilar. Ular “ha” deyishgan edi, “Birovning dunyosini deb o‘z oxiratini sotgan kishidir” dedilar. Abu Nuaym rivoyat qilganlar. Shunday holatga tushib qolmaylik. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 09:26 | Savol-javoblar | 177 | Dolzarb savollar