Teleramda ayollar ichkiyimini sotish
Assalomu alaykum! Telegramda bitta gurux bor ayollar uchun u erda penyuar sotiladi(ayollar yotoqda kiyadigan bexayoroq kiyimlar). Bulani ayollar erlari uchun xarid qiladi, o‘sha guruxga zakaz qabul qilish uchun admin ishga olishlarini aytishdi va men ishga yollandim. Meni vazifam zakazlani yozvolib ulaga etkvzib turish. Zakaz qilyotganlarni profillarini kuzatsam erli bolali ayollar ekanini ko‘raman. Shuning uchun ko‘nglim tinchro edi. Endi boshqacha maqsadda sotib oladiganlayam bo‘lsachi deb o‘ylab ko‘nglimga g‘ulg‘ula tushdi. Menga oyli to‘lashadi, shu menga xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Boshqacha maqsadda olishayotganini sizga ochiq-oydin aytishmasa bemalol sotavering.
Islomda, “Dinda yaxshilikda hamkor bo‘linglar, yomonlik va gunohda hamkor bo‘lmanglar” degan qoida aytilgan. Har bir inson o‘z ishini shunga solib ko‘rishi kerak. Ishlab chiqariladigan narsalar uch turga bo‘linadi. Faqat gunoh uchun ishlab chiqariladiganlar, faqat yaxshilik uchun ishlab chiqariladiganlar va umumiy maqsadda ishlab chiqariladiganlar. Ammo kimdir ularni yaxshi maqsadda va kimdir uni yomon maqsadda ishlatadi. Masalan oddiy pichoq. Kimdir undan oshxonalarda yaxshi ishlarga foydalanadi. Kimdir u bilan jinoyat sodir qiladi. Hozirgi kundagi telefon, radio, internet kabilar ham xuddi shunday. Sizni narsangizni ham kimlardir yaxshi maqsadda va kimlardir yomon maqsadda ham foydalanadigan bo‘lib, yuqoridagiga tushsa qilish joiz. Yomon maqsadda foydalanishini ochiq-oydin aytsa unga bu narsani qilib berishingiz joiz emas. Bu xuddi bilib turib qotilga pichoq yasab bergandek bo‘ladi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 01:06 | Savol-javoblar | 159 | Moliya va tijorat