Otaning xizmatini o‘g‘il qilishi
Assalomu alaykum! 1. Ota onam bilan 2 yil avval umra ziyoratiga bordim. Xajga borishnixam niyat qilgandim. Lekin Allohni xoxishi ekan otam bemor bo‘lib qoldilar. Ibodatga yaramaydilar. Savolim shundan iboratki, otamni qilgan umra safaridan xajni savobini umid qilsa bo‘ladimi? 2. Man o‘g‘il farzand bo‘lib otamni yuvintirish, ostki tuklarini olish ichki kiyimlarini yuvishim joizmi? Onamga bu og‘ir kelishi mumkin 3. Qur’on yod olayotgan inson ko‘proq vaqt yodlash maqsadida, vaqtni tejash manosida masjiddagi jamoatni tark etishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Umraning savobi albatta har jihatdan hajning savobiga teng emas. Ularga beriladigan ajr farqlidir.2). Agar otangiz o‘zi olishga qodir bo‘lmasa surkab qo‘ysa tushirib yuboradigan vositalar chiqqan hozir, shulardan foydalansin. Agar shunga ham qodir bo‘lmasa otangizni bu kabi ishlarini onangiz qilishlari kerak. Agar buni ham imkoni bo‘lmasa hech bo‘lmasa o‘g‘il qo‘liga qalinroq qo‘lqop kiyib olib qo‘yishi mumkin. 3). Jamoatni tark qilmasin. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 04:46 | Savol-javoblar | 170 | Haj va umra