Ayol iznini qaynotaga berish to‘g‘risida
Assalomu alaykum! Xozirgi kunda yangi oila qurilishi bilan turli qoidalar yanada ko‘paydi. Ba’zan qaynona yoki qaynota o‘zi mas’ul bo‘lmagan ishlarga o‘zini mas’ul hisoblashi ham mumkin. Quyidagi savollarimiz oiladagi ba’zi masalar xususida.
Kelinga qaynota yoki qaynona uyiga borib kelishi uchun ruxsat berishi mumkinmi? (eri ishda va bundan xabari yo‘q), kelin uchun bunday ruxsatlarni o‘g‘lining ishtirokisiz u bexabarligida berishi qaynona va qaynota uchun mumkinmi?
Er o‘z xotinini iznini (ya’ni qayergadir borish uchun so‘raydigan ruxsat) otasi yoki onasiga topshirib qo‘ysa bo‘ladimi? Bunda er safarda bo‘lmasa xotinini iznini ota onasiga topshirishi to‘g‘rimi? Agar uzoq vaqtga safarga ketsachi?
Kuyov uchun ajratilgan xonaga uning otasi kirib boraverishi to‘g‘rimi? O‘g‘lini chaqirmoqchi bo‘lgan ota qanday yo‘l tutishi kerak? Agar u xonada kelin bo‘lmasa ham o‘g‘il yakka bo‘lsa ham ota qanday odob ko‘rsatishi kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Bu erning ruxsatiga bog‘liq. Ko‘pincha erlar bu boradagi ixtiyorni ota-onalariga topshirib qo‘yadilar. 2). Aslida bunday emas. Lekin oilaning tinchligi shunga bog‘liq bo‘lsa, joiz. Har bir oilani o‘z tartib intizomi bo‘ladi. 3). Kuyov uchun ajratilgan xonaga uning otasi kirishi joiz emas. Agar ayolning ruxsatisiz kirsa, vojibni tark qilgan bo‘ladi. Tashqaridan ovoz chiqarib chaqiradi. Kelinga ajratilgan xona kelinning xududi hisoblanadi. Erning hovlisidagi alohida qulfi bor uy ayolga kifoya qiladi. Ya’ni bir hovlida boshqa uylar va kishilar bo‘lsa ham, alohida yashash uchun lozim bo‘lgan qulayliklari bor uy bo‘lsa, etadi. Er xotinining huzuriga uning ota-onasini va boshqa eridan bo‘lgan bolasini kiritmaslikka haqli. Chunki uy uniki va unda o‘zi xohlaganicha tasarruf qilish haqqiga ega. ("Kifoya" kitobidan). Shuningdek ayol ham erining ota-onasi, erining boshqa ayolidan bo‘lgan bolalarini ham kiritmaslikka haqqi bor. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 11:16 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush