Savdo masalasi

Assalomu alaykum! Men savdogarman, xar kuni bozordamiz. Qo‘shnilar ham chiqib savdo qilib turishadi. Men yong‘oq, bodom bilan shug‘illanaman, qo‘shnimiz chiqib menga falondaqa navdagi bodom kerak desa, men falon so‘mdan olib, ustiga foyda qo‘yib sotsam joizmi? Ilimsizligimiz uchun mazur tutasiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz “ertaga shundan bo‘ladi” deb o‘zingiz sotib olib keling. Keyin ertasi kuni ham shu naviga xaridor bo‘lsa, foyda qo‘yib sotishingiz mumkin. O‘zingizda yo‘q narsani sotmang. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 12:07 | Savol-javoblar | 148 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar