Tarixdagi xatna
Assalomu alaykum! Men payg‘ambarlar tarixini o‘qiyotgandim va bir joyiga tushunmadi. Shu joyini sharxlab bersangizlar, iltimos. Ibrohim alayhissalom bilan Sora o‘rtasiga sovuqlik tushdi. Jahl ustida Sora «Hojarning uch a’zosini mayib qilgayman!» deya qasam ichdi. Kunlarning birida Hojarning qulog‘i, burnini kesmoqqa qasd qilganda Hojar faryod chekadi. Shunda Jabroilga farmon bo‘ldi, u jannatdan ikki oltin isirg‘a olib keldi. Hojarning qulog‘iga o‘tkazgandilar yanada ko‘rkamroq bo‘ldi. Xatna qilgandilar eriga yanada sevimliroq bo‘ldi. Avratlarini xatna qilmoqlik Hojardan meros bo‘lib qoldi. Bu erda Hojarni (ayolni) xatna qilmoqlik degani qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu kabi gaplar Isroiliyot hisoblanadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ular haqida “Yolg‘on ham demaymiz, tasdiq ham qilmaymiz” deganlar. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 23:18 | Savol-javoblar | 179 | Kitoblar