Qarz o‘rniga texnika berish

Assalomu alaykum! Mendan bir odam 2 kunga pul so‘radi. So‘ragan pulining yarmi o‘zimda bor edi qolgan yarmini boshqa odamdan olib berdim. U odam menga pulimni emas o‘rniga texnika beraman dedi. U texnika mendan olgan pulidan oz muncha qimmat. U odam biladi qimmatligini. Savolim men o‘sha narsani olib sotsam, menga ko‘prok pul tegadi. Shu ko‘prok qismi menga harom bo‘lmadimi? U odam o‘zi rozi. Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz aytgan gap ya’ni “Olgan pulim evaziga texnika beraman” deyish savdo hisoblanadi. Siz o‘sha texnikani bergan pulingiz evaziga sotib olgan bo‘lasiz va xohlaganingizni qilishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 13:57 | Savol-javoblar | 175 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar