E-moddalar va mahsulot tarkibi haqida
Ustoz, men Koreyadaman. Bu erda boshqa rivojlangan davlatlarda bo‘lganidek, mahsulotlarning tarkibi juda xilma-xil. Mahsulotlarni tarkibini qaraganimzda bazida noaniqliklarga duch kelamiz. Xususan, ichimliklarda emulsifayr(emulsifier), jelatin (gelatine) kabi E-moddalar borki, ular haqida "Agar o‘simliklardan olingan bo‘lsa, HALOL. Noshariy hayvonlardan olingan bo‘lsa HAROM" - deb aytiladi. savollar. Uz ning o‘tgangi versiyasida bir akamiz savol yo’llagan edi shu haqida (hozir topa olmayapman). Yani Yevropa Musulmonlar Kengashi bu kabi moddalarning ko‘pligi va har birini surishtirishning iloji yo’qli (qiyinli)gini inobatga olib, bu kabi mahsulotlarni istemol qilsa bo‘laveradi degan ekanlar. Bunga misol qilib, o‘sha tuz koniga tushib yo’q bo‘lib ketgan eshak, yoki olma daraxti tagida o‘lib qolgan cho‘chqa va shu daraxtdan olingan mevani yesa bo‘lishligini keltirgan ekanlar. Savolim shulki, agar shu narsalar aniq bo‘lsa, nima uchun yana HALOL-HAROM ga ajiratiladi? Axir u moddalar ham o‘simlikdan olinganmi yoki hayvondanmi juda ham ko‘p kimyoviy bosqichlardan o‘tadiku. Yani tarkibi umuman o‘zgarib ketadi. Bizga qanday maslahat berasiz, Uztoz?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Eshakning misoli avvalgi fatvoga. Harom narsa borligi aniq bo‘lsa tanovul qilib bo‘lmaydi.
1 May 2022, 15:58 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Eshakning misoli avvalgi fatvoga. Harom narsa borligi aniq bo‘lsa tanovul qilib bo‘lmaydi.
1 May 2022, 15:58 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar