Hiyonat
Assalomu alaykum, nima deb boshlashni bilmadim, man horijda ishlayman, ancha yil bo‘lib qoldi, to‘y qilib ayolimni ham o‘zim bilan birga olib kelgan edim, 3,5 yil birga yashadik, ohirgi bor yanvarda uzbekistonga borib kelganimda ayolim qolaman dedi, chunki unga bu er yoqmadi, hattoki menga ikkinchi bor uylanishimga ham rozilik berdi, ammo yaqinda mani ikta opam ayolimni kasalhonaga ko‘rgani borganda ayolim boshqa erkaklar bilan ko‘rishayorganini shohidi bo‘lishibdi, hattoki 1 yil oldim ham ayolim uzbekistonda yurganida bo‘ynida bo‘sa izlarini ko‘rishgan ekan, lekin sababchisi men emas edim chunki ayolim 3 oy uzb da dam oldi, ohirgi oyda ko‘rishgan ekan, lekin menga indashmagan, bu safar esa chidab tura olishmadi, menga habar berishdi, men ham 2 haftadan beri halovatim yo‘qoldi, chunki telefonini ro‘yhatini oldim, hattoki 2 ta odam bilan gaplashayotganini ko‘rdim ro‘yhatda, yani 1 oyda 1 nomerdan kamida 400 marta tel qilingan va asosan kechasi soatlab gaplashadi,yani fevral oyidan beri, man yanvarni ohirida jonab ketganman. hattoki unga bildirmaslikka harakat qilib, yani menda telefon ro‘yhati borligini, begona erkaklar bilan gaplashma desam ham gaplashib yuribdi. Man kasalhonada nima bo‘lganini anig‘ini bilmayman, lekin opamgilar ayolimni begona bilan uchrashib, uning mashinasiga o‘tirganini aytishdi holos, mashinada nima bo‘ldi ko‘rmadik deyishmoqda lekin kotta opamlani yuraklari yomon bo‘lib qoldi, hattoki manga ajrashasan va boshqa yoniga ham yo‘lamisan deyishmoqda, mening bir qizim bor va ayolim onasida yashaydi, mani uyimga borib tur desam unamadi, hatto 1 haftada 1 marta bor hech bo‘lmasa degan taqdirimda oyda 1 bormoqda holos. Qaynonamning habari yoq bulardan, chunki ayolim telefonini doim ovozsiz qilib yuradi, hatto men tel qilganimda ko‘pinchalik javob bermaydi. iltimos menga maslahat bering, men dayus bo‘lib qolmaymanmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Yaxshilab aniqlay turib ajrashishga shoshilmaslik kerak.
1 May 2022, 16:53 | Savol-javoblar | 174 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Yaxshilab aniqlay turib ajrashishga shoshilmaslik kerak.
1 May 2022, 16:53 | Savol-javoblar | 174 | Oila va turmush