Yuk tashish
Assalomu alaykum! Men ikki yildan beri bir birodarimizdan qarizman xech qarzni uzishga iloji bo‘lmayapti sababi musofir yurtdaman, shu birodarimizning xitoyda ishlab chiqarilgan yuk tashuvchi moshinalari bor ular tender orqali juda katta xajmdagi yuklar ya’ni shag‘al, tosh shunga o‘xshagan yuklarni zavod bilan shartnoma asosida kelishib tashib beradi, menga shu mashinani xaydab qarzni uz, yana yaxshigina oylik xam beramiz dep taklif qildi. Men bu taklifni rad qildim sababi mashinaga belgilangandan ikki baravar ko‘p yuk ortadi deb aytsam u menga bizning mashinalar asfal’t bilan yurmaydi og‘ir yuk tashish uchun mo‘ljallangan tosh yo‘l bor shu yo‘l bilan yuradi deb aytiyapti. U birodarimiz xam namozxon uning aytishicha biz so‘radik shu masalada agar asfalt bilan yursa bo‘lmaydi deb aytishdi deb aytti, lekin kim aytgani qaysi ulamo aytgani nomalum. Mashinaning davlat tomonidan berilgan xujjatda eng og‘ir vazni 25 tonna deb ko‘rsatilgan. Mashinaning og‘irli esa 13 tonna. Shunda 12 tonna yuk ortish kerak, lekin ular umumiy vazni 40-50 tonnagacha yuk ortishadi. Xurmatli ustozlar shu ishni ishlab qarizimni uzib bola chaqamni boqsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qaoidalarga amal qilish kerak. Amal qilmaslikdan kelib chiqadigan falokatga amal qilmagan javobgar bo‘ladi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 19:41 | Savol-javoblar | 194 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qaoidalarga amal qilish kerak. Amal qilmaslikdan kelib chiqadigan falokatga amal qilmagan javobgar bo‘ladi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 19:41 | Savol-javoblar | 194 | Halol va harom