Qiz va o‘g‘il bolaning do‘st bo‘lishi
Assalomu alaykum! Yaqinda “Erkak va ayol o‘rtasidagi do‘stlik, o‘tgan yoki kelasi zamondagi jazmanlar o‘rtasidagi do‘stlikdir” (iktibos egasi Mopassan) degan iqtibosni o‘qib qoldim. Do‘stlarim orasida ko‘plab diniy ilmga ega qizlari bor. Savolim shundan iboratki, do‘stlashishni nima nojoizligi bor? Muqaddas dinimizda bu masalada xususan Qur’on va hadislarda nimalar deyilgan? Alloh barchangizdan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz so‘rayotgan narsa avval boshida do‘stlik bo‘lib ko‘ringani bilan bu zinoga olib boruvchi yo‘lning ilk qadamlari hisoblanadi. Alloh taolo “Isro” surasida marhamat qiladi : وَلاَ تَقْرَبُواْ الزِّنَى إِنَّهُ كَانَ فَاحِشَةً وَسَاء سَبِيلاً 32. Va zinoga yaqinlashmanglar. Albatta, u fahsh ish va yomon yo‘ldir. Oyatda «zino qilmanglar», emas, balki «zinoga yaqinlashmanglar», deyilmoqda. Bu esa «zino qilmanglar», degandan ko‘ra qattiqroqdir. Mo‘min-musulmon odam zino qilish tugul, uning yaqiniga ham yo‘lamasligi kerak. Zinoga olib boruvchi narsalardan ham uzoqda bo‘lishi lozim. Chunki «Albatta, u fahsh ish va yomon yo‘ldir». Alloh taolo mo‘min-musulmonlarni barcha fahsh ishlar va yomon yo‘llardan qaytargan. Endi esa ham fahsh ish, ham yomon yo‘l bo‘lgan zinodan qaytarmoqda. Mo‘min-musulmonlar bu ishning naqadar xatarli ekanini tushunib etmoqlari va undan qaytmoqlari lozim. Ulamolarimiz zinodan qaytarish haqidagi ushbu oyatning undan oldingi farzandlarni o‘ldirmaslik haqidagi oyatdan keyin va nohaq odam o‘ldirishdan qaytargan oyatdan oldin kelishi bejiz emas, degan fikrni olg‘a surganlar. Chunki zino – halol-pok yo‘l bilan sarflansa, farzandlar paydo bo‘ladigan moddani behuda, harom yo‘lda sarf qilishdan iboratdir. Zinokor iloji boricha ushbu harom aloqa tufayli bola bo‘lib qolmasligiga urinadi. Mabodo bola bo‘lib qolsa ham, uni tug‘ilishidan oldin yoki keyin o‘ldiradi. Agar zinodan bo‘lgan bola hayotga kelsa ham, haromdan bo‘lgani uchun jamiyatda tirik o‘lik bo‘lib yuradi. Shu bilan birga, zino jamiyatga ham katta zararlar keltiradi, bora-bora uni halok qilishi mumkin. Qadimdan zinoga mubtalo bo‘lgan jamiyat va davlatlar halokatga uchrab kelgan. ("Tafsiri hilol" kitobidan). عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: لَا تَلِجُوا عَلَى الْمُغِيبَاتِ، فَإِنَّ الشَّيْطَانَ يَجْرِي مِنْ أَحَدِكُمْ مَجْرَى الدَّمِ. قُلْنَا: وَمِنْكَ؟ قَالَ: وَمِنِّي وَلَكِنَّ اللهَ أَعَانَنِي عَلَيْهِ فَأَسْلَمُ Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Eri g‘oyib ayollar oldiga kirmanglar. Chunki shayton har biringizning qon tomiringizda yuradi», dedilar. Biz u zotga: «Sizda hammi?» dedik. «Menda ham. Lekin men Alloh yordam berib, salomat qolganman», dedilar». Sharh: Eri g‘oyib, o‘zi yolg‘iz ayolning oldiga begona erkakning kirishi shaytonning vasvasasiga yo‘l ochishi turgan gap. Bunday paytlarda har qanday erkak, har qanday ayol ham shaytonning vasvasasidan qutulib qolishi amri mahol. Hatto Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ham bu narsadan o‘z hollaricha qutulmagan ekanlar. Alloh taolo u zotga maxsus yordam berib, alohida ravishda saqlab qolgan ekan. Bu payg‘ambarlik ma’sumligidir. Buning ma’nosi shuki, Alloh taoloning O‘zi barcha payg‘ambarlarni, shu jumladan, Muhammad sollallohu alayhi vasallamni ham shayton vasvasasiga uchishdan, gunoh sodir etishdan saqlagan. Shunday bo‘lganidan keyin hech kim beparvo bo‘lishi kerak emas. Hamma, kim bo‘lishidan qat’i nazar, bu masalada o‘zini saqlashi lozim. وَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: لَا يَخْلُوَنَّ رَجُلٌ بِامْرَأَةٍ إِلَّا كَانَ ثَالِثَهُمَا الشَّيْطَانُ. رَوَاهُمَا التِّرْمِذِيُّ «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir erkak zinhor bir ayol bilan xoli qolmasin! Aks holda uchinchilari shayton bo‘lur», dedilar». Ikkisini Termiziy rivoyat qilgan. Sharh: Ushbu hadisi sharif oldingi hadislardagi ma’noni yana ham ochiqroq ta’kidlab kelmoqda. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Bu mavzuda islom.uz saytimizning bosh sahifasidagi “Zinoga yaqinlashmang” bo‘limiga kirsangiz to‘liq ma’lumot olasiz. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 06:58 | Savol-javoblar | 142 | Dolzarb savollar