Tutilmay qolgan ro‘za qanday ado etiladi
Assalomu alaykum! Men ro‘zani boshida 6 kun tutdim. Keyin oshqozonimda og‘riq va student bo‘lganligim sababli 3 kun tutolmadim. Undan so‘ng uzrli bo‘lib bir necha kun tutolmadim. Hozir karantin sababli uyimdaman va ro‘zani tutishga harakat qilib tutmoqdaman. Tutilmay qolgan 3 kun uchun necha kun tutib berishim yoki qanday amalni bajarishim kerak? 2. Ayollarni uzrli bo‘lgan kunlari uchun necha kun tutib berishlari kerak? 3. Tutilmay qolgan ro‘za qazolarini ro‘za oyi tugagandan so‘ng davom etib tutib bersa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bir kuniga bir kundan qazosini tutasiz. Niyat qilib ochib yubormagan bo‘lsangiz o‘sha uch kunni tutasiz.2). Uzrli bo‘lgan kunlarichasini qazosini tutasiz.3). Albatta, tutishi kerak. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 21:09 | Savol-javoblar | 176 | Ro‘za