Ko‘p xotinlilik haqida?
Janob Shayh Muhammad Sodiq hazratlari, sizga navbatdagi savolim quyidagicha:Islomda ko‘p xotinlilik haqida to‘liqroq ma‘lumot bersangiz. Bu savolni berishimdan maqsad, men chet elda ishlayman, ko‘p hollarda boshqa dindagi hamkasblarim bilan Islom haqida gaplashamiz. Ular ko‘pincha "Islomdagi ko‘pxotinlilik" mavzusida so‘rashadi, men bo‘lsam bu haqida ularga dalil va sabablarga asoslangan to‘liq ma‘lumot bera olmayman.Javobingiz uchun rahmat.Sarvar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qadimgi vaqtda Islom dushmanlari bir erkakka to‘rt xotin kifoya qiladi, degan hukm uchun, bu juda ozku! deb tuhmat toshini otgan edilar. Bir kishiga to‘rttadan ortiq ayolga uylanishni man’ qilish jabr va zulm, har kim xohlaganicha sondagi ayolarga uylanish imkoniga ega bo‘lishi kerak, deb dod solgan edilar. Yana og‘zilariga nima kelsa shuni aytib, vaysagan edilar.Hozirgi vaqtda esa, Islom dushmanlari bir erkakka to‘rt xotin kifoya qiladi, degan hukm uchun, bu juda ko‘pku! deb tuhmat toshini otmoqdalar. Islom dushmanlari, Islomning ko‘pxotinlikka ruxsat berganini shunchalik ko‘p tuhmat qilganlar-ki, hatto dunyoda ko‘pchilik Islom deganda to‘rtta xotinga uylanish, deb tushunib qolgan. Ba’zilar Islom haqida hech narsa bilmasligi mumkin, ammo, Islom to‘rtta xotinga uylanishga ruxsat berganini yaxshi bilishadi. Agar Islom dushmanlarining bu masaladagi shovqin-suronlariga e’tibor beriladigan bo‘lsa, xuddi Islom shu masaladan iboratga o‘xshab qoladi. Ular Islomdan so‘z ochishi bilan, to‘rtxotinlik masalasiga yopishib oladi. Go‘yoki Islom shariati musulmon erkaklarga to‘rttadan xotin olishni farz qilib qo‘ygandek gap qilishadi. Bu holat asrlar davomida dushmanlar tomonidan Islomga qarshi olib borgan tashviqotlarning samarasidir. Bu targ‘ibotlar hatto o‘zini musulmon sanab yurgan ba’zi johillarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Shuning uchun bu masalada batafsilroq so‘z yuritishimiz ma’qul bo‘ladi.Islomdagi ko‘pxotinlikka ruxsatning hikmatlari1–Ko‘pxotinlik faqat Islomga xos emas. Bu ish dunyoning hamma xalqlarida, hamma tuzumlarida bo‘lib kelgan. Ba’zilarida hozir ham bor. Afrikada xotini nechta ekanini bilmay, sanab-sanab oxiriga eta olmagan qabila boshliqlarining borligi sir emas. Nasroniy dini kaniysasi Afriqoda o‘z dinini tarqatishda bittadan ortiq xotinga uylanish man’ qilingani xalal berayotganini e’tiborga olib, bittadan ko‘p xotinga uylanishga istisno tariyqasida ruxsat bergani ham sir emas. Nima uchun qadimdan bo‘lib kelayotgan, hozirda ham bor masala uchun faqat Islomni tanqid qilinadi?!2–Islom ko‘pxotinlikni yangidan chiqargan emas, balki, mavjud bo‘lgan tartibsiz, chegarasiz, zulm va jabrdan iborat, xotinlarning hech bir haqqini rioya qilmaydigan hukmni tartibga solgan, chegaralagan, adolatli bo‘lishini, xotinlarning barcha haqlarini rioya qilinishini yo‘lga qo‘ygan.Birinchidan sonni to‘rttadan oshmasligini qat’iyan ta’yin qilgan. To‘rttadan ortiq xotini borlarga amr etib ortiqchalariga javob berishni yo‘lga qo‘ygan. Bittadan ortiq xotin olish uchun xotinlar o‘rtasida adolatli bo‘lishni shart qilib qo‘ygan. Ko‘pxotinlik er xotinlariga bir xilda nafaqa, turar joy, muomala va birga yotishni tamin qilishni shart qilgan. Agar shu shart vujudga kelmasa bittadan ortiqqa uylanishga maslahat berilmagan.Alloh taolo Qur’oni Karimda: «Agar adolat qila olmaslikdan qo‘rqsangiz, bittani (oling)»-degan.Imom Ahmad, Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Kimning ikkita xotini bo‘lsayu, ulardan biriga mayl ko‘rsatsa, qiyomat kuni bir yonboshi moil bo‘lgan holida kelur»-deganlar.3–Islom olamshumul dindir. U hamma makonlar, hamma zamonlar va hamma odamlarning dinidir. Shuning uchun hammaning ehtiyojini, hammaning tabiati va talablarini e’tiborga olgandir. Islom mijozi sust bitta xotinni zo‘rg‘a eplaydigan, shimolliklarni ham, mijozi kuchli bitta xotin bilan sabr qila olmaydigan janubliklarning ham dinidir. Bugungi kunda mijozi sust, bir xotinni ham eplay olmaydigan kishilar Islomdagi ko‘pxotinlikka qarshi chiqayotgani ham shuni ko‘rsatadi. Ular qo‘rqmasa ham bo‘laveradi. Islom ularni ko‘p xotin olishga majbur qilmaydi. Bugungi kunda bittadan ortiq xotinga uylanish harom, degan dinlar, mijozi kuchli xalqlarni o‘ziga jalb qilish uchun ko‘pxotinlikka istisno tariyqasida ruxsat berayotgani ham o‘sha dinlarni botil, Islomni haq ekanini ham ko‘rsatmoqda. Islomda bu narsa avvaldan hal qilinib qo‘ygan. Ba’zi erkaklarning shahvoniy quvvati o‘ta kuchli bo‘ladi. Bir yoki ikki ayol bilan kifoyalanmaydi. Buning ustiga ayol kishining hayz ko‘rishi, nifosli bo‘lishi, bemor bo‘lishi va boshqa holatlari bor. Undoq vaqtlarda shahvati kuchli er xotini ko‘p bo‘lmasa zinoga borishi turgan gapga aylanadi. Bir xotinni olib qo‘yib boshqalar bilan zino qilib yurgan yaxshimi yoki halol-pok, adolat, rozilik yo‘li bilan ko‘pxotinlik bo‘lishmi?Albatta, halollik, poklik, adolat va rozilik yaxshi.4–Erkaklar va ayollar sonidagi nomutanasiblik ham ko‘pxotinlik nizomi to‘g‘ri ekanini ko‘rsatadi. Hamma zamon va hamma makonlarda ayollar soni erkaklar sonidan ko‘p bo‘lib kelgan, kelmoqda va keladi ham. Qiyomat yaqinlashganda esa, umuman ko‘payib ketishi muqarrar.Ilmiy izlanishlar natijasiga e’tibor beriladigan bo‘lsa, go‘daklar o‘limi bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘limi qiz bolalar o‘limidan ko‘p bo‘ladi. Ish, ko‘cha hodisalarida ham asosan erkaklar o‘ladi. Urushlarda esa erkaklarga qiron keladi. Doimo erkaklarning o‘rtacha umr ko‘rishi, ayollarning o‘rtacha umr ko‘rishidan oz bo‘ladi.Faraz qilaylik bir jamiyatda bir erkakka ikki ayol to‘g‘ri keladigan bo‘lib qoldi, nima qilish kerak? Agar bir erkak bir xotinga uylansa ortib qolgan xotinlar nima qiladi? Ular ham inson, ularda ham jinsiy mayl bor, uni qondirishlari kerak. Ular ham bunga o‘xshash erlik ayollar ega bo‘ladigan imtiyozlarga ega bo‘lishga haqli. Ammo, buning iloji qani? Erkaklar hammasi band, xotini bor. Bunday holatda mazkur masalani hal etishning faraziy uch yo‘li bor:Birinchi yo‘l: Harom ish tutish. Jinsiy ehtiyojini qondirish uchun zino qiladi. Bola ko‘rish uchun haromi bola ortiradi. Erli va oilali bo‘lish orzusi esa ro‘yobga ortmay qoladi.Ikkinchi yo‘l: Birovning oilasini buzib, xotinini taloq qildirib o‘zi tegib oladi. Oqibatda bir oila buziladi. Bir xotin eridan, baxti-saodatidan, oilasidan mahrum bo‘ladi. Oradagi bolalar tirik etim bo‘ladi. Yana qanchadan qancha muammolar kelib chiqadi.Uchinchi yo‘l: Islomiy yo‘l. Halol-pok, rozi-rizolik yo‘li bilan ikkinchi xotin bo‘lish.Albata, o‘zini bilgan, zarracha bo‘lsa ham insoniyligi bor odam uchinchi yo‘l–Ilomiy yo‘lni tanlaydi. Faqat shu yo‘lgina eng odil va eng to‘g‘ri yo‘ldir.5–Nikohdagi ayollarning jismoniy ojizligi.Ma’lumki, inson hayotida turli holatlar bo‘lib turadi. Ba’zi vaqtlarda bir muddat oilaviy turmush qilib, farzand ortdirib, so‘ngra ayol kishi og‘ir dardga chalinib qolishi mumkin. U ayol eriga xotinlik xizmatini qilishga umuman yaramaydi. Erkak esa yosh, yashagisi, yana ko‘proq bola ko‘rgisi keladi. Bunday holatda nima qilish kerak? Buning muolaja qilishning ham uch yo‘li bor:Birinchi yo‘l: Er zino yo‘liga o‘tib, boshqa ayollar bilan harom xarish yurishi kerak. Bu yo‘lning turgan bitgani zarar ekani hammaga ma’lum. Avvalo mazkur erkakning o‘zi vijdonan iztirobga tushadi, ikkiyuzlamachilik hayoti kechirishga majbur bo‘ladi. Oilaning qolgan a’zolari ham tinchlarini yo‘qotadilar. Orada janjal chiqib, oila parchalanib ketadi. Qolaversa, har bir zinokor o‘zi yashab turgan jamiyat uchun katta musiybat, ulkan zarar ekani hammaga ma’lum. U tufayli jamiyat a’zolarining axloqi buziladi, jamiyatda turli kasalliklar tarqaydi va boshqa zararlar etadi.Ikkinchi yo‘l: Bemor ayolni taloq qilib, haydab o‘rniga boshqa xotin olish. Bu nomardlik bo‘ladi. Bir mushtipar ayolni yoshligida, sog‘ligida olib yurib bemor bo‘lgani uchun taloq qilish. Bolalarini ham tirik etim qilish. Oradagi oilaviy hayotning hurmati yo‘qmi? Bolalarning hurmati yo‘qmi?Uchinchi yo‘l: Islomiy yo‘l. Unda bemor ayol bilan, bolalari bilan birga qolib, ular bilan avvalgidan ham yaxshi munosabatda bo‘lib turib halol pok yo‘l bilan ikkinchi xotinga uylanish. Albatta, o‘zining qadrini bilgan, halol-pok hayot kechirishni xohlagan kishi avvalgi ikki yo‘lni keskin rad etadi va uchinchi yo‘l–eng to‘g‘ri yo‘l–Islomiy yo‘lni tanlaydi. Zotan, eng to‘g‘ri yo‘l ham shudir.6–Farzand ko‘rmaslik masalasi.Yana hayotda tez-tez uchrab turadigan masalalardan biri, eru-xotin oila ko‘rib o‘n yil yoki undan ortiq birga yashab ham farzand ko‘rmaslik holatidir. Tabiblar ayol kishida ona bo‘lishlik imkoni yo‘q ekanligini aniqladilar, deb faraz qilaylik. Bunday holatda kelib chiqqan muammoni qandoq echiladi? Shuncha yil umid bilan birga yashagan, issiq-sovuqni birga tatigan, vafodor ayolni taloq qilib, haydab boshqa ayolga uylanishi kerakmi? Yoki erkak ham imkoni bo‘lib turib farzandsiz o‘tishi, ortida zurriyot qoldirmay bu dunyodan o‘tmog‘i lozimmi?Bu muammoni to‘g‘ri hal qilishni birdan-bir yo‘li–Islom hukmini tadbiq qilishdir. Avvalgi ayolni ham o‘zi bilan birga olib qolib, rozilik va halol-poklik yo‘li bilan yana bir ayolga uylanib, baxtli hayot kechirib, farzandli bo‘lish.Hozirgi kunda Islomning ushbu ko‘pxotinlik haqidagi ruxsatidan foydalanmaslik oqibatida dunyoda ko‘plab muammolar kelib chiqib, gazak olib bormoqdi. Zino, fahsh ishlar haddan oshib, shu tufayli turli kasalliklar, ijtimoiy, axloqiy muammolar keng tarqalmoqda. Ko‘plab oilalar buzilishiga ham shu ruxsatdan foydalanmaslik sabab bo‘lmoqda. Ko‘pgina davlatlarda kishilar soni kamayib bormoqda. G‘ayri Islom millatlarning ayollari namoyishlar o‘tkazib va boshqa turli yo‘llar bilan ko‘pxotinlikka ruxsat berishni talab qilmoqdalar. Ba’zi davlatlarning qonun chiqaruvchi hokimiyatlari bu masala haqida jidiy o‘ylay boshladilar. Hech shak-shubha yo‘qki bir kun kelib bu narsa inshaalloh amalga oshadi. Allohning hukmi joiry bo‘ladi. Lekin o‘shangacha johil insoniyat o‘zini o‘zi qiynagani qoladi.Ko‘pxotinlikning hikmatlari yuqorida zikr qilingan narsalar bilan tugab qolmaydi. Bunga o‘xshash hikmatlarni yana keltirish mumkin.
21 Aprel 2022, 06:58 | Savol-javoblar | 305 | Oila va turmush