Sovuq do‘zax
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bir tanishimni aytishicha odam zoti hamma narsaga ko‘nikuvchan ekan. Hatto do‘zaxga tushgan odamlar tezda azobga ham ko‘nikib, bir-birlariga do‘zax olovini otib, o‘yin o‘ynashar ekan. Keyin Alloh taolo ularni olovli do‘zaxdan olib muzli do‘zaxga tashlar emish. Lekin xech qaerda muzli do‘zax haqida eshitmaganman. Shu xaqida yozilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Alloh taolo “Niso” surasida marhamat qiladi :إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُواْ بِآيَاتِنَا سَوْفَ نُصْلِيهِمْ نَارًا كُلَّمَا نَضِجَتْ جُلُودُهُمْ بَدَّلْنَاهُمْ جُلُودًا غَيْرَهَا لِيَذُوقُواْ الْعَذَابَ إِنَّ اللّهَ كَانَ عَزِيزًا حَكِيمًا56. Oyatlarimizga kufr keltirganlarni albatta olovga kiritib, kuydirurmiz. Qachonki terilari etilib pishganda, azobni totishlari uchun ularga boshqa teri almashtirurmiz. Albatta, Alloh o‘ta izzatlidir, o‘ta hikmatlidir.Kufrning oxiri yaxshilikka olib bormasligi aniq. Kufr keltirganlar bu dunyoda turli balo-ofatlarga duchor bo‘lib o‘tishlari sobit bo‘lgan, inkor etilmas haqiqatdir. Kufr keltirganlarning oxiratda nima bo‘lishlarini ushbu oyati karima vasf etmoqda.«Oyatlarimizga kufr keltirganlarni albatta olovga kiritib, kuydirurmiz».Allohning oyatiga kufr keltirganlar jahannamga kirish bilan chegaralanib qolmaydilar.«Qachonki terilari etilib pishganda, azobni totishlari uchun ularga boshqa teri almashtirurmiz».Azobni yaxshiroq tortishlari uchun ularga terilari har gal etilib pishganda, boshqa yangi terilar almashtiriladi va azob yangidan boshlanadi. Bu holat abadul abad davom etadi.«Albatta, Alloh o‘ta izzatlidir, o‘ta hikmatlidir».Shuning uchun ham kufr keltirganlarga mazkur azobni ravo ko‘rgandir.Ulamolar ushbu dahshatli holatni tushuntirish uchun bir qancha rivoyatlar keltirganlar.Ibn Abi Hotim Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda shunday deyiladi:«Bir odam hazrati Umarning huzurlarida mazkur oyatni o‘qigan edi, u kishi:– Bu oyatni menga yana qaytarib o‘qib ber, – dedilar. U odam qayta o‘qidi. Shunda Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhu:– Bu oyatning tafsirini men bilaman, terisi bir soatda etmish marta almashtiriladi, – dedilar. Hazrati Umar:– Xuddi shuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman, – dedilar».Demak, o‘t-olov kuchli bo‘lganidan, ularni bir zumda kuydirib, jizg‘anak qilib tashlaydi va yana yangidan azob chekishlari uchun tezda terilari yangilanadi. Ammo u terilar bu dunyodagi terilarga o‘xshash bo‘lmaydi, Alloh taolo do‘zaxiylarning azobini yanada kuchaytirish uchun terilarini ham boshqacha qilib qo‘ygan bo‘ladi.Imom Ahmad ibn Hanbal hazrati Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Do‘zax ahlining jismlari do‘zaxda kattalashtiriladi. Hatto quloq uchlaridan bo‘yinlarigacha bo‘lgan masofa etti yuz yillik yo‘lchalik bo‘ladi. Terilarining qalinligi etti chig‘anoqchalik bo‘ladi. Tishlari esa Uhud tog‘icha bo‘ladi», – deganlar. Endi mana shunday badan va terining soatiga etmish marta kuyib-bitib, almashishini tasavvur qilib olavering! Alloh O‘zi asrasin. ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!https://islom.uz/view/dozah
26 May 2022, 08:12 | Savol-javoblar | 211 | Dolzarb savollar