Ovqat rasmlari
Assalomu alaykum! Hurmatli uztozlar, hamma savollarimga to‘liq javob berganingiz uchun rahmat. Yana savol berganim uchun esa uzr. Ijtimoiy tarmoqlarga ish yuzasidan kirib turaman. Instagram va Telegram orqali ba’zi bir tanishlarim egan-ichgan ovqatini rasmga olib joylashtirishini ko‘p guvohi bo‘lganman. Ularga bu ish yaxshimasligi bu ham maqtanchoqlik va kibrga kirishini aytganimda “notog‘ri fatvo bermang” degan javobni olganman. Ularni egan ovqatini rasmga olib ijtimoiy tarmoqlarga qo‘ymasligini so‘raganim noto‘g‘ri ishmi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ عَلِيِّ بْنِ حُسَيْنٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: إِنَّ مِنْ حُسْنِ إِسْلَامِ الْمَرْءِ تَرْكَهُ مَا لَا يَعْنِيهِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُ وَالْحَاكِمُ Ali ibn Husayn roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, kishining o‘zi uchun befoyda narsalarni tark qilishi Islomining husnidandir», dedilar». Termiziy, Ahmad va Hokim rivoyat qilganlar. Hayotimizga diqqat bilan nazar soladigan bo‘lsak, kishilarning ko‘p vaqti, zehn-zakovati, aql-idroki va imkoniyatlari behuda narsalarga sarf qilinayotganini ko‘ramiz. Behuda narsalardan chetda bo‘lgan kishi faqat foydali ish bilan mashg‘ul bo‘lishini yaxshi anglab etishimiz lozim. Binobarin, har doim befoyda ishlardan o‘zimizni chetda tutishimiz kerak bo‘ladi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Shunga muvofiq behuda ishlar va bema’ni harakatlardan tiyilish mo‘minning axloqi hisoblanadi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 17:37 | Savol-javoblar | 167 | Dolzarb savollar