Kriptovalyuta ribo emasmi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, 2009 yilda kriptovalyuta chiqqan. U internet orqali ishlatiladigan pul bo‘lib, undan hozirda butun dunyoda foydalansa bo‘ladi. Undan foydalanish uchun avval uni sotib olish kerak. Uni sotib olish uchun internetdagi hisobdan pul to‘lab, internet orqali birjaning kursida sotib olsa bo‘ladi. Bilamizki sarf savdosida bir valyutani boshqasiga almashtirish uchun qo‘lma-qo‘l bo‘lish sharti bor. Bu kriptovalyuta esa qo‘lga ushlanadigan valyuta emas. Shuning uchun bizda savol paydo bo‘ldi. Biz bu kriptovalyutani sotib olsak yoki birjaning kursida qaytib boshqa valyutaga misol uchun AQSh dollariga o‘girib olsak (bunda jarayonlar internet orqali bo‘ladi) ribo bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Butun dunyo musulmon ulamolari uyushmasining bosh kotibi doktor Ali Muhiddin Qoradog‘iy “Musulmonlarga buni tavsiya qilmaymiz, joiz emas” deb fatvo berdilar. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 12:24 | Savol-javoblar | 52 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar