Olti kalimaning fazli
Assalamu alaykum! Bomdod namozidan keyin tasbehni tugatgach “Shash kalima” ya’ni olti din kalimalarini aytishning fazli qanday? Alloh sizu bizni fitnalardan yiroq qilsin. Omiyn.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday qilish Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning ashoblarining odatlaridan bo‘lgan. Buxoriy rivoyat qilgan hadisda, Mu’oz roziyallohu anhu: «Biz bilan o‘tir, birpas iymonlashaylik», degan. Ibni Sobit rohimahulloh aytadii : Abdulloh ibn Ravoha : “Sheriklaridan bir nechasini qo‘lini ushlab “Kelinglar bir oz iymonlashamiz, kelinglar Allohni zikr qilamiz, iymonimizni ziyoda qilamiz, kelinglar Allohning toatida Uni zikrini qilamiz. Shoyad mag‘firati bilan bizlarni ham zikr qilsa” der edi”. Bayhaqiy rivoyat qilgan hadisda Abdulloh ibn Ravoha o‘zining sherigiga “Kel bir oz iymonlashamiz” dedi. Shunda u “Biz mo‘min emasmizmi” dedi. U “Biz mo‘minmiz, lekin Allohni zikr qilib iymonimizni ziyoda qilamiz” dedi. Zir ibn Hubaysh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi Umra ibn Xattob roziyallohu anhu sheriklariga : “Kelinglar iymonlashamiz” der va birgalashib Allohni zikr qilar edilar. Siz so‘ragan amal ham shunga kiradi. Vallohu a’lam.
1 May 2022, 18:10 | Savol-javoblar | 200 | Boshqa ibodatlar