Maddoxlar kimlar
Assalomu alaykum! Men bir xadisda maddoxlarni yuziga tuproq soching deb o‘qigan edim. Ular kimlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadislarda quyidagicha keladi. عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ رَجُلًا يُثْنِي عَلَى رَجُلٍ وَيُطْرِيهِ فِي الْمِدْحَةِ، فَقَالَ: أَهْلَكْتُمْ أَوْ قَطَعْتُمْ ظَهْرَ الرَّجُلِ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir kishining boshqa birovni maqtab, maddohlik qilayotganini eshitib qoldilar va:
«O‘sha odamni halok qildilaring yoki belini uzdilaring», dedilar».
Ikki shayx rivoyat qilganlar.
Sharh: Ortiqcha va noo‘rin maqtov maddohlik bo‘ladi. Bu ish maqtalgan kishining o‘zidan ketishiga va hovliqib, buzilishiga sabab bo‘ladi. Natijada u odam halokatga uchraydi va odamgarchilikdan chiqadi. Shuning uchun maddohlik qilmaslik kerak.عَنْ أَبِي بَكْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: ذُكِرَ رَجُلٌ عِنْدَ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَأَثْنَى عَلَيْهِ رَجُلٌ خَيْرًا، فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: وَيْحَكَ قَطَعْتَ عُنُقَ صَاحِبِكَ، يَقُولُهُ مِرَارًا، إِنْ كَانَ أَحَدُكُمْ مَادِحًا لَا مَحَالَةَ فَلْيَقُلْ أَحْسِبُ كَذَا وَكَذَا، إِنْ كَانَ يُرَى أَنَّهُ كَذَلِكَ وَحَسِيبُهُ اللهُ، وَلَا يُزَكِّي عَلَى اللهِ أَحَدًا. رَوَاهُ الثَّلَاثَةُ Abu Bakra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida bir kishi zikr qilindi. Bir odam unga yaxshi maqtov aytdi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir necha marta:
«Sho‘ring qurisin! Sohibingning bo‘ynini kesding! Agar birortangiz noiloj madh aytadigan bo‘lsangiz, «Unday deb o‘ylayman, bunday deb o‘ylayman» desin. Agar ana shundayligi ko‘rilgan bo‘lsa, uning hisob-kitob qiluvchisi Allohdir. Allohga birovni poklab ko‘rsatmasin», dedilar».
Uchovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu erda birovni yuziga maqtash haqida, shu bilan birga, maqtovdan so‘ng o‘zidan ketib, adashuv yo‘liga kirishi ehtimoli bor kishilar haqida so‘z ketmoqda. O‘rinli va adolatli maqtov mumkin. Ba’zi joylarda kishilarni yaxshilikka targ‘ib qilish uchun kerak ham.وَجَاءَ رَجُلٌ فَأَثْنَى عَلَى عُثْمَانَ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي وَجْهِهِ، فَأَخَذَ الْمِقْدَادُ بْنُ الْأَسْوَدِ تُرَابًا فَحَثَا فِي وَجْهِهِ، وَقَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: إِذَا لَقِيتُمُ الْمَدَّاحِينَ فَاحْثُوا فِي وُجُوهِهِمُ التُّرَابَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَمُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ «Bir kishi kelib, Usmon roziyallohu anhuni yuzlariga maqtadi. Miqdod ibn Asvad tuproq olib, uning yuziga sochdi va:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Qachon maddohlar ga yo‘liqsangiz, ularning yuziga tuproq soching», degan edilar», dedi».
Abu Dovud, Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Bundan maddohlarni maddohlikdan qaytarib turish ham zururligi kelib chiqadi. Bo‘lmasa, ular o‘z maddohliklarida haddan oshib, bir-birlari bilan musobaqalashib boraveradilar.
Bir kishi hazrati Ali roziyallohu anhuning yuzlariga qarab turib, maddohlik qildi. Ali roziyallohu anhu avval shu odamning o‘zlarini yomonlab yurganini bilar edilar va unga:
«Men sen aytganchalik emasman. Ammo ichingda saqlab turganingdan ustunman», dedilar. وَجَاءَ وَفْدُ بَنِي عَامِرٍ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالُوا: أَنْتَ سَيِّدُنَا، فَقَالَ: السَّيِّدُ اللهُ، قَالُوا: وَأَفْضَلُنَا فَضْلًا وَأَعْظَمُنَا طَوْلًا، فَقَالَ: قُولُوا بِقَوْلِكُمْ أَوْ بَعْضِ قَوْلِكُمْ، وَلَا يَسْتَجْرِيَنَّكُمُ الشَّيْطَانُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالْإِمَامُ أَحْمَدُ «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga Bani Omirning elchilari keldilar. Bas, ular:
«Siz sayyidimizsiz», deyishdi.
«Sayyid Allohdir», dedilar u zot.
«Fazlda afzalimizsiz, atoda kattamizsiz», deyishdi.
«Bu gapingizni yoki bu gapingizning ba’zisini aytavering. Faqat shayton sizlarni o‘ziga yugurdak qilib olmasin», dedilar».
Abu Dovud va Ahmad rivoyat qilganlar.
Sharh: Me’yorida va haddan oshmasdan maqtov so‘zlarini aytish mumkinligi shu hadisi sharifdan olinadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘z sahobalarini madh qilganlari haqida ko‘plab hadislar kelgan.
Sufyon ibn Uyayna:
«O‘zini bilgan odamni madh qilish zarar qilmaydi», degan.
Madhning o‘zida oltita ofat bor. Ularning to‘rttasi madh qiluvchida, ikkitasi madh qilinuvchidadir.
Madh qiluvchidagi ofatlar quyidagilar:
1. Madhda haddan oshib, yolg‘on qo‘shib yuborish.
2. Madhga riyokorlikni aralashtirish. Misol uchun, maqtayotganda uni yaxshi ko‘rishini aytadi, aslida yaxshi ko‘rmaydi. Yoki gapirayotgan gapi o‘z e’tiqodiga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning o‘zi riyokorlikdir.
3. Maddoh gohida ro‘yobga chiqishi mumkin bo‘lmagan narsani yoki mohiyatini anglash qiyin narsani gapiradi. Misol uchun, «Bu kishi o‘ta taqvodor, parhezkor va zohiddir», deyilishi.
4. Maddoh zolim yoki fosiq odamni maqtab, xursand qiladi.
Maqtalgan shaxsdagi ofatlar:
1. Maqtov maqtalgan odamda kibr va o‘zini ustun ko‘rishlikka sabab bo‘lishi mumkin.
2. Maqtalgan maqtovga uchib, o‘zidan rozi bo‘lib, himmatini yo‘qotishi mumkin.
Mazkur olti ofatdan xoli bo‘lsa, madh joizdir. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
1 May 2022, 19:24 | Savol-javoblar | 230 | Ruhiy tarbiya