Namoz va azon vaqti
Assalomu alaykum! 1). Masjid biz ishlaydigan bozordan 2-2,5 km masofada. Peshin namozini shu masjidda o‘qib bo‘lganimizda asrga hali 10-15 minut qolgan bo‘ladi, Asrni jamoat bilan o‘qib qaytamiz. Bu bilan peshinni taqab gunohkor bo‘pqolmayapmizmi? Masjid noibi bizga, vaqtida o‘qimagan 80 ming yil jahannamda azoblanarakan degan hadisni aytdi. Biz ham shu toifaga kirib qolmayapmizmi? 2). Shu masjidda azon taqvimdagi vaqtidan 3-5 minutlarcha oldin aytiladi, buning hukmi qanday, biz nima qilishimiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Peshinning ikki vaqti bor. Birinchi vaqtiga uch mazhab amal qiladi. Ikkinchi vaqtiga hanafiylar amal qiladi. Ulamolar shu uch mazhabning vaqtida kechiktirmaslikni tavsiya qilishadi. Asr vaqti kirmasidan oldin peshinni o‘qib olinsa ado bo‘ladi.
2). Noto‘g‘ri ish qilishsa kerak. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:29 | Savol-javoblar | 146 | Namoz