Maslahat bering,iltimos
Shayh hazratlari,Alloh yo‘lida qilayotgan hizmatlaringizni ajru-savobini ortig‘i bilan bersin.Sizga anchadan beri meni ruhan qiynayotgan savol bilan murojaat qilyapman. Hazrat,qaynim biz bilan yashaydilar.Har doim ho‘jayinim qaytar paytda birga qaytishadi.Tabiiyki,men satrlanib olishga majburman.Bu esa meni ham jismonan,ham ruhan qiynaydi.Ya‘ni har doim uyda,ho‘jayinimni oldilarida ham satrlanib,o‘ranib yurishimdan ko‘pincha siqilaman.Meni ham ho‘jayinimni kelishlariga ochiq va chiroyli holda ko‘ringim keladi va bu meni haqqim deb o‘ylayman.Ba‘zan shundan siqilib,qaynimni ham turishlarini istamay qolyapman.Ho‘jayinimga esa buni aytolmayman.Agar bir necha oygina bo‘lsa mayli derdim.Lekin bu hol yana qancha yil davom etadi bilmayman.Hatto nafsimni gapiga kiryapmanmikin deb ham o‘zimni koyiyman.Allohdan qo‘rqqanim uchun ham,ho‘jayinimni hurmat qilganim uchun ham birga yashamaylik deb aytolmayapman.To‘g‘ri bu juda muhim muammo emasdek,ammo doim uyda,ho‘jayinimni yonlarida ham o‘ranishimdan asabiylashaman,charchayman.Hazrat,aslida qanday bo‘lsa yaxshiroq.Ho‘jayinim,menga ya‘ni ahli ayollariga uyda ochiq yura olishimga sharoit qilib berishlari va ukalarini boshqa o‘zlari qatori yigitlar bilan turishlarini ta‘minlashlarimi,yoki men necha yil bo‘lsa ham bu holga sabr qilishimmi?Men shariat chizig‘idan chiqmay yashashni istayman,hatto nafsimga og‘ir kelsa ham.Istaklarim xato bo‘lsa,sabrli bo‘lishimga duo qiling,iltimos.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizga sharoitni to‘g‘rilab berishi kerak.
2 May 2022, 02:28 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizga sharoitni to‘g‘rilab berishi kerak.
2 May 2022, 02:28 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush