Aroqxo‘rlik ulkan balo

Assalomu Alaykum Shayx Xazratlari! Sizni ruzai ramazon oyingiz bilan muborakbod etaman, yanagi oy yanagi shu kunlarda bizi safimizdan arimasligingizni Olloxdan tilab kolaman!Xurmatli ustoz, erimni arok tashlashiga erdam berishingizni iltimos kilaman.Turmushga chikkanimga 2 yil buldi, xozirda bitta farzandim bor, erim moskvada ishlaydilar, biz xam farzandim bilan moskvadamiz, Erim shu kunlarda juda kup arok ichadigon bulib koldilar, xisobda xar kuni ichyabdi, ichib olganda agar yaxshi muomala kilsam judayam yaxshi, agar ichganligi tugrisida gapirib, xafa bulib, achchik kilsam unda bu insondan emon inson yuk. Erimni ichmasligi uchun islom tomondan gapirib kurdim, xar xil baxonalar kilib kurdim lekin ichishini tashlamayabdi. Ozgina sikilsa xam, xursand bulsa xam ichadilar. Bir narsa desam "Ichib olib senga xalakit bermayabmanu" deydi. Oxirgi kunlarda bir dasturxonda utirib arok ichib utiribdi, biz bu erda ovkatlansak u enimizda ovkatga kushib arokini ichadi, u arok ichib utirgan uyda men namoz ukiyabman, avvallari magazinga chikib kolsam albatta pivo eki arok olib keltirardi, men bu narsani erimni buyrugi deb olib kelib berardim, yakinda ichganni xam, sotganni xam, olib kelib berganni xam jazosi bir ekanligini bilib koldim, shundan beri undan iltimos kildim nima kilsez xam menga arok olib kelishni buyurmang deb olib kelib bermayabman. Xazrat, erim namoz ukimaydi, ruza tutmaydi, islom buicha umuman bilimi yuk, lekin yaxshi inson, uni yaxshi kuraman, arok ichib olib men bilan urushganda yashagim kelmaydi, yaxshi bulib yurgan vaktda ajragim kelmaydi, boshim kotib koldi, kaysi yul bilan uni arokdan kaytarishni bilmayabman, internetdan arok ichganlarga kanday jazo berilishi tugrisida xech narsa topolmayabman, aptekadan arokni tashlatadigon dori bor ekan, usha dorini xar kuni ichib turish kerak ekan, shu dorini erimdan berkitib ichirsam buladimi, kukkisdan bir narsa bulib kolarmikin deb kurkyabman. Menga maslaxat bering iltimos, sizda islom buicha arokni ichishligi tugrisida biror masalangiz bulsa shuni ukittirib kursam sal ta’sir kilarmikin deb uylayabman, balkim u meni ogzaki gaplarimga ishonmaetgandir, erim arok ichib mast bulmasdan , birovni xafa kilmasa buldi deb biladi,oxiratda kanday jazo olishini bilmayabdi, iltimos AROK IChGAN INSONNI JAZOSI tugrisida tushuncha bering. Nomoz ukimagan, ruza tutmagan, arok ichgan inson islomda kanday inson ekanligi tugrisida xam tushuncha bering, uzini kanday inson ekanligini sizdan eshitsa ishonar, Xazrat sizni javobingizni erimga ukittiraman,shundan sung uzini tugri yulga boshlar, Ollox sizni sababchi kilib erim arok ichishni tashlab yuborsa ajabmas. shu katorda menga xam ya’ni bir dasturxonda utirib ovkatlanishimizu, arok ichyatgan vaktda namoz ukishim xakida maslaxatingizni ayamang, Beryatgan maslaxatlaringiz uchun Ollox rozi bulsin! Oldindan minnatdorchilik bildiraman!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Rossiya sud-tibbiyot ekspertiza byurosining ma’lumotlariga ko‘ra, narkotik va alkogolni haddan ortiq ko‘p iste’mol qilib yuborish (peredozirovka) oqibatida yuz bergan o‘lim holatlari milliy ofat darajasiga kelgan.2006 yilda etanoldan zaharlanish oqibatida 12773 kishi, 2007 yilda 10920 kishi o‘lgan, biroq bu markaziy mintaqadagi nodir holat bo‘lib, umumiy hisobda ushbu ko‘rsatkich o‘sib bormoqda. Masalan, Voronej viloyatida xuddi shu ko‘rsatkichlar mos ravishda 1384 va 1577 kishini, Bryansk viloyatida 394 va 473 kishini tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Moskva viloyati peshqadam bo‘lib kelmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, alkogol va narkotik moddalarning kuchli dozasini qabul qilib o‘lganlarning atigi 14 foizigina hayotligida narkologlarga murojaat qilgan.Rossiya yo‘l xavfsizligi nazoratining ma’lumotlariga ko‘ra, 2008 yilning birinchi yarmida mast holdagi haydovchilar sababli 5511 ta avtohalokat sodir bo‘lgan. Rossiya Evropa mamlakatlari orasida yo‘llardagi o‘lim holatlari bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. 5511 ta avtohalokat – bu har 13 ta hodisaning biri, demakdir. Har ikkita avtohalokatning bittasi haydovchilarning aybi bilan sodir bo‘ladi, har to‘rtinchisi – tezlikni oshirish tufayli, har beshinchisi – qarama-qarshi yo‘nalishga chiqish sababli yuz beradi. Ukrainalik bolalarning 63 foizi 15 yoshidayoq chekish tajribasiga ega, ularning 91 foizi allaqachon alkogol iste’mol qilgan, 14 foizi – marixuana chekib ko‘rgan. O.Yaremenko nomidagi Ukraina ijtimoiy tadqiqotlar institutining BMT Bolalar fondi (YuNISEF) hamkorligida o‘tkazgan so‘rov natijalari ana shundan dalolat bermoqda.«Bunday xalqaro tadqiqot Ukrainada to‘rtinchi bor o‘tkazilmoqda. Natijalar ayanchli manzarani ko‘rsatmoqda – har hafta muntazam ravishda alkogol iste’mol qiluvchi bolalar soni ortib bormoqda, - deydi institut boshqaruvi raisasi Olga Balakireva. O‘smirlarning deyarli beshdan birining aytishicha (so‘rovda qatnashganlarning 22 foizi), tengqurlari haftada kamida bir marta to‘yib ichishadi. Demak, o‘smirlarning salkam yarmi dam olish kunlari mast-alast bo‘ladi». MUQADDAS BURChBas, bizning muqaddas burchimiz jamiyatimizni aroqxo‘rlikdan saqlashdir. Bunday chirkin illatlar ta’siridan yosh avlodni asrab - avaylashdir. Ichkilikbozlikka qarshi kurashning samarasi bo‘lmaydi, deganlarga biz qo‘shilmaymiz. Alloh taoloning biz o‘rganib o‘tgan to‘rt oyatdagi hikmatlari bizni hamon hushyorlikka, jamiyatimizni tozalashga da’vat etadi, pokiza iymon, qaynoq va sog‘lom qalb bilangina insoniyatga tinchlik baxt-saodat, ittifoq keltirishi mumkinligini eslatib turadi.Hozirgi ijobiy o‘zgarishlar davrida bu masalada ham o‘zimizga bir nazar solaylik: kim edigu kim bo‘lib qoldik? Yuqorida zikr qilingan oyati karimalarning tafsirini bizning hamyurtlarimiz imom Zamaxshariy, Faxruddiyn Roziy, imom Nasafiy, imom Moturidiyga o‘xshash bobokalonlarimiz dunyo xalqlariga tarqatib, ularni ichkilikka ruju qo‘ymaslikka chaqirganlar. Bu haqda Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning hadisi shariflarini buyuk muhaddislarimiz imom Buxoriy, Termiziy, Nasoiy, Marvaziy va boshqa ajdodlarimiz rivoyat qilib ketganlar.Kutubxonalarni to‘ldirib yotgan ulkan madaniy merosimizga qaraylik, biror qator aroqning madhida yozilgan narsa topiladimi? Yo‘q! Hammasi aroqni qoralaydi.
21 Aprel 2022, 06:58 | Savol-javoblar | 123 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar