Uchinchi toifa odamlari
Assalomu alaykum! “Voqea” surasida: 10. (Uchinchi toifa ezgu ishlarda) o‘zib-o‘zib ketgan zotlardir. 13. (O‘zib ketganlar) avvalgi (ummat)lardan ko‘pchilik, 14. keyingilar (Muhammad ummatlari)dan esa ozchilikdir.
Yuqoridagi oyatlarning izohi qanday? Bu erda qanday odamlar nazarda tutilayapti? Aniq va ko‘proq ma’lumot bersangizlar. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu uchinchi toifaga Alloh taoloning a’lo darajadagi bandalaridan nabiylar, siddiqlar va komil taqvodor kishilar kiradilar. Ular dunyoda iymonda, yaxshilikda, toat, gunohdan saqlanishda birinchi bo‘lganlardir. Ular Allohning rahmati va fazliga etishishda birinchi bo‘lganlardir. Ularning darajalari jannatda va uning ne’matlarida martabalari oliy qilingan zotlardir. Odam alayhissalomdan toki payg‘ambarimiz Rosululloh sollallohu alayhi vasallamgacha bo‘lgan ummatlardan katta bir jamoa, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning ummatlaridan kichik bir jamoadirlar. Ularning ozligi oldingi o‘tgan katta jamoatning yig‘indisiga nisbatandir. Abu hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda : “Avvalgilardan katta bir jamoa va keyingilardan kichik bir jamoa” oyati nozil bo‘lganda bu narsa musulmonlarga og‘ir botdi. Shunda “Avvalgilardan katta bir jamoa va keyingilardan katta bir jamoa” oyati nozil bo‘ldi. (Imom Ahmad va boshqalar rivoyati).
10. va peshqadamlar, peshqadamlar –
Uchinchi toifa peshqadamlar toifasi bo‘lib, bu dunyoda iymonga kirishda va Alloh taoloning ibodati va toatida boshqalardan ko‘ra peshqadam bo‘lganlardir. Ular tavbada va yaxshilik ishlarida peshqadamlik qilganlardir.
Endi o‘sha peshqadamlarning vasflari keladi:
11. Ular muqarrabdirlar –
Ya’ni Alloh taolo huzurida yuqori martabaga ega bo‘lgan, U Zotga muqarrab – eng yaqin bo‘lgan kishilardir.
12. ne’matlanish jannatlaridadirlar.
Ular jannati na’imda, ya’ni ne’matlari ko‘p jannatda bo‘ladilar.
13. Avvalgilardan ko‘pchilik…
O‘sha peshqadamlar, jannatda Alloh taologa yaqinlashtirilganlar ichida avval o‘tgan musulmonlar avlodining vakillari ko‘pchilikni tashkil qiladi.
14. va oxirgilardan ozchilik…
Ya’ni peshqadamlik darajasiga, Alloh taoloning ro‘baro‘sida turishdek maqomga keyingi avlodlardan ozchilik sazovor bo‘lar ekan.
Endi peshqadamlarga tayyorlab qo‘yilgan jannat ne’matlari haqida so‘z ketadi.
15. to‘qima so‘rilardalar.
O‘sha peshqadam toifadan bo‘lganlar jannatda tilladan dur va yoqutlar aralashtirib to‘qilgan so‘rilarda bo‘lurlar.
16. Ularning ustida yonboshlagan, yuzma yuz holdalar.
Ya’ni peshqadamlar jannatda duru yoqutlardan aralashtirib to‘qilgan so‘rilarda bir-birlariga qarab, yonboshlab-yastanib, rohatlanishar ekan. Oyatda so‘rilar «to‘qima» debgina sifatlangan bo‘lsa ham, rivoyatlarda ularning tilla, dur va yoqutlarning aralashmasidan yasalgani aytiladi. Bir-birlariga qarab turishlari ham yuqori darajadagi odob-axloq va rohatdir.
17. Atroflarida mangu yosh yigitlar aylanib yururlar...
18. oqar chashma mayi to‘latilgan qadahlar, ko‘zalar va kosalar bilan.
Mangu yosh yigitlarning xizmatda bo‘lishlari ham rohat ustiga rohatdir. Jannat ahli yuqoridagi oyatlarda vasf qilinganidek holda bo‘lganlarida ularga mangu yosh, hech qarimaydigan yigitlar xizmatda bo‘lar ekan. O‘sha yigitlarning vazifasi jannatiylarga oqar chashma mayi to‘latilgan qadahlar, ko‘zalar va kosalarda jannat sharobi tutish ekan.
Odatda, bu dunyoda may ichgan kimsalar mast bo‘lib, noqulay holatlarga tushadilar, boshlari og‘rib, ko‘ngillari ayniydi va hokazo boshqa holatlar sodir bo‘ladi. Jannatdagi may ichilganda esa mazkur holatlar ro‘y bermaydi. Buni quyidagi oyatdan bilamiz.("Tafsiri Hilol"). Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:04 | Savol-javoblar | 137 | Turli savollar