Tutgan ro‘zani kechikib yopish

Assalomu alaykum! Ertalab 3-44ga suv ichib og‘zimni yopib yotganidim, erim xoxlaganida yo‘q deyolmay birga qo‘shildik. Yuvinib 4-28lada suv ichib duo o‘qib og‘zimni yopdim. Qilgan ishim noto‘g‘ri bilaman, lekin tutgan ro‘zam buziladimi? Qazosini tutib beramanmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Saharlik vaqti chiqib ketganidan keyin yaqinlik qilgan bo‘lsangizlar qazoni ham kafforatini ham tutasizlar. Jami 61 kun ro‘za tutib berasizlar. Undan 60kunini orasini ochmasdan tutishlaringiz shart. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 06:19 | Savol-javoblar | 150 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar