Tarozi haqida
Assalomu alaykum! Yaqinda bir katta magazinda ishladim, u erda o‘rin faqat go‘sht bo‘limida bor edi, tungi smenada ish boshladim. U erda, kunduzgilar smena topshirishida ham ular bilan kechqurun 1 soat va men smena topshirishimda ertalab 1 soat ular bilan ishlardim. Ular tarozida qo‘shimcha massa kiritib, go‘shtni sotardilar, tarozidan urishiga sabab nima ekanini so‘raganimda go‘sht sotilmay qolsa qayta topshirish vaqti idish almashtiriladi, qoni, suvi qoladi idishda, shuni hisobiga deyishgandi. Lekin meni baribir qo‘lim bormadi unday qilishga, tarozini 0 ga qo‘yib sotishni davom ettirardim, go‘shtlarni ortib qolganini tunda men xolodilnikka topshirib kelardim. Ertalab ular go‘shtlarga bahosini yopishtirishda yana shunday qo‘shish ishlarini qilardi, ko‘zlarim ko‘rib turardi, qo‘llarim bilan esa go‘shtlarni uzatib turardim, taroziga yaqinlashtirmay qo‘yishgandi 0 ga qo‘yib teng sotganim uchun, lekin boshqa ishlarni bajarardim. Go‘sht uzatish, tayyorlash, shunga o‘xshash. Bu holatda men ham gunohkorman nazarimda. Men ham tarozidan urgan hisoblanamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz tortib bermagan bo‘lsangiz tarozidan urgan hisoblanmaysiz. Yordamingiz tekkani gunohi bo‘lishi mumkin. Tavba qilib istig‘for aytasiz. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 06:19 | Savol-javoblar | 166 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz tortib bermagan bo‘lsangiz tarozidan urgan hisoblanmaysiz. Yordamingiz tekkani gunohi bo‘lishi mumkin. Tavba qilib istig‘for aytasiz. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 06:19 | Savol-javoblar | 166 | Moliya va tijorat