Aptekada ustama hisoblash
Assalomu alaykum! Men dori darmon sotadigan firmada yordamchi buxgalter va qarzdorlar bilan shug‘ullanuvchi bo‘limda ishlayman. Bizda asosan tovarlarni nasiyaga sotishadi. Qarzdor aptekalar qarzini juda kech muddatda yopadi bazida bu muddat 4 oy 1 yilgacham davom etadi. Agar qarzdor aptekaning qarz muddati 90 kundan oshgan bo‘lsa, biz qarzdor firmaning hisob raqamiga Inkassa ( to‘lov talabnomasini ) qo‘yamiz. Bunda firmaning qolgan qarzi echiladi. Agar firma qarzini yopmayotgan bolsa qarz muddati 4 oy 5 oydan oshib ketgan bo‘lsa, inkassa qo‘yganimizda qarzini tan olmasa, biz qarzdor aptekaga telefon qilib qarzini yopib berishini agar yopib bermasa sudga berishimiz mumkinligini aytib ogohlantiramiz. Agar qarzdor apteka ma’lum bir muddat aytib o‘sha muddatgacha qarzini yopishga vada bersa biz kutamiz va sudga bermaymiz. Agar qarzdor apteka qarzini to‘lashdan bosh tortsa, qochib yursa, telefon qilganimizda ko‘tarmasa, biz u aptekani sudga berishga majbur bo‘lamiz. Bizda foiz penya hisoblanmaydi ,faqatgina sudga berishda hisoblanadi. Sudga berish uchun biz qarzdor firmaga pretenzionnoe va iskovoe zayavleniya yuborishimiz kerak bo‘ladi, bu zayavleniyalarda qarzdor firmaga penya shtraf hisoblangan bo‘ladi. ( Ya’ni , apteka biz bilan shartnoma imzolayotganda agar qarzini vaqtida to‘lab bermasa kuniga qolgan qarz miqdorining 0,4 foizi penya hisoblanishi, yozilgan bo‘ladi ) . biz shu xatlar bilan birga dogovor faktura, doverennostlarni Sudga topshiramiz. Sudga topshirganimizdan keyin , sud yig‘ilishga chaqiradi, yig‘ilishda qarzdor firmaga penya shtraf yozishi ham yozmasligi ham penya shtraf summasini ham o‘zgartirishi mumkin. Lekin ko‘proq hollarda penya shtraf yozadi. Va ijro varaqasini beradi. Bu ijro varaqasini majburiy ijroga olib borib beramiz. Majburiy ijro pul firmadan pullarni hisobimizga undirib beradi. Men ham shu jarayonlarda ishtirok etaman, pretenzionnoe va iskovoe xatlarini tayyorlab jonataman sudga ariza topshiraman majburiy ijro ga ijro varaqasini olib borib beraman. Savolim ustozlar men sudxo‘r bo‘lib qolmaymanmi. Sudxorlik qiluvchini, kotibni, shoxidini Payg‘ambarimiz lanatlaganlarini bilaman. Shular orasiga kirib qolmaymanmi ustozlar ? men iloji boricha sudga bermaslik uchun jon jaxtim bilan harakat qilaman lekin qarzdor aptekalar qochib yuradi, vadasini bajarmaydi, telefon qilganda ko‘tarmaydi, qarzini tan olmaydi. Bunday hollarda sudga berishdan boshqa pul undirishni iloji bo‘lmaydi. Oldindan rahmat ustozlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ulardan undirilgan peniyalarni kim oladi? Agar sizlarga undirib berilsa sizlar ularga aytmasdan qaysidir bir qarzlari evazigi olib qolinglar yoki ularning o‘zlariga peniyani qaytarib beringlar. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 06:20 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ulardan undirilgan peniyalarni kim oladi? Agar sizlarga undirib berilsa sizlar ularga aytmasdan qaysidir bir qarzlari evazigi olib qolinglar yoki ularning o‘zlariga peniyani qaytarib beringlar. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 06:20 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar