Uch taloq, ming taloq, qum taloq dedi
Assalomu alaykum! Biz umr yo‘ldoshim bilan turmush qurishimizga 2 yil bo‘lar bo‘lmas ajrashib ketganmiz. O‘shanda men 5 oylik xomilador edim. Erim o‘sha paytlari ko‘p marotaba “talog‘ingni beraymi?” deb aytar edilar. Sababi ko‘p edi (aytishni joiz deb bilmadim). Xullas o‘sha xomiladorlik paytimda onamlarnikida yashar edim, chunki o‘zlari haydab yuborgan edilar. Kelib “talog‘ingni bergani keldim nima deysan?” deb so‘radilar. Mening xam doim shunday deb qo‘rqitganlari uchun “doim mendan so‘raysiz, shunchalik bergingiz kelayotgan bo‘lsa hohishingiz” dedim. Ular shu “3 taloq, 1000 taloq va qum taloq” deb chiqib ketdilar. Oradan yillar o‘tib yarashmoqchilar. Yo‘li bor ekan. Men o‘sha payti xomilador edim, o‘g‘il farzand dunyoga kelgani sababli yarashsa va qayta nikoh o‘qitsa bo‘lar ekan. Bu Orada o‘g‘limning otasi 4 martta uylandilar. Men turmushga chiqmadim. Savolim shuki; yuqorida keltirgan sabab bilan yarashish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizlar qayta yashashingiz mutlaqo joiz emas. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 06:21 | Savol-javoblar | 183 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizlar qayta yashashingiz mutlaqo joiz emas. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 06:21 | Savol-javoblar | 183 | Oila va turmush