Chyornaya pyatnitsa

Assalomu alaykum! Dinimizda juma kun muborak hisoblanadi. Hozirda katta do‘konlarda "chyornaya pyatnitsa" deb nomlab 70% chegirma bilan savdo kilishyapti. Aynan o‘sha kuni do‘konlarga borib narsalar xarid qilsa bo‘ladimi? Nima uchun shunday nomlab savdo qilishlari haqida sizlarda ma’lumot bo‘lsa, iltimos, oydinlik kiritib bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu ommatan insonlarga foydali ishmi? Buni juma namoziga zarari yo‘qmi? Yaxshi tomonini olib qo‘yavering. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:17 | Savol-javoblar | 134 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar