Sadaqa bersam turmush o‘rtog‘im noroziman deydilar

Assalomu alaykum! O‘qituvchi bo‘lib ishlayman. Ba’zan oylik maoshimdan Allohga shukur oilam tinch, bolalarim sog‘ salomat deb sadaqa qilib tursam turmush o‘rtog‘im norizo bo‘ladilar. Qilgan sadaqamning hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingizning molingizni o‘zingiz tasarruf qilishga haqlisiz. Bildirib sadaqa qilishingiz shart emas. Ammo, ayol eriga itoat qilishi va uning roziligini topish zarurdir. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 170 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar