Uzoq muddatli qarzga olingan narsalarning zakoti

Assalomu alaykum! Uy uzoq muddatli qarzga olingan bo‘lsa, ushbu qarzning faqat keyingi 1 yillik to‘lovi miqdori zakot hisoblashda e’tiborga olinar ekan va zakot hisoblanishi kerak bo‘lgan jami pul miqdoridan ushbu qarzning keyingi 1 yillik to‘lovi miqdori ayrilib tashlanar ekan. Ushbu uzoq muddatli qarzni 15 yilda emas, uzog‘i 1-2 yilda qaytaraman deb niyat qilib tursa ham zakot hisoblanishi kerak bo‘lgan jami pul miqdoridan ushbu qarzni chiqarib tashlaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Chiqarib tashlaydi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 151 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar