Yolg‘on bo‘lib qolmaydimi?

Assalomu alaykum! Onlayn darslikning uy vazifasida o‘zimning xali yo‘lga qo‘yilmagan ishimni boshqa bir odamga taklif qilishim kerak va bu inson shu taklifga ko‘nsa unga dars bo‘yicha qilgan edim, keyinchalik siz bilan ishlab qolishimiz mumkun deb aytsam bu xolatda yolgon bo‘lib qolmaydimi? 2. Bu savolimni misol tariqasida tushuntiraman: Shimning narxi 100.000 so‘m, remenning narxi 30.000 so‘m. Aksiya uyushtirib shimning narxini 130.000so‘m qilib uni sotib olgan odamga remenni bepul qo‘shib berilish taklifi berilsa yolg‘on bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1) Bu ishni yolg‘on gapirmay ochig‘ini aytib qiling. 
 2) Ëlg‘on, qalloblik va firibgarlik bo‘ladi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar