Bolamning ismi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, o‘g‘lim 2012-yili tug‘ildi, o‘sha paytlar men uyda emas edim. Ismini Firdavs qo‘yinglar degandim, qandaydir sabablar bilan bir mulla akamiz boshqa ism bilan azon aytgan. Nazarqul deb xam Nazirqul deb xam aytganini bilmaydi. Uydagilarni xam sal beforasatligi sabab shunaqa bo‘lib qolgan. Guvoxnomasiga Firdavs deb yozilgan. Xamma Firdavsga o‘rganib asl ismi xayoldan ko‘tarilgan. Xozirda o‘sha o‘g‘limni xayoli ketib qoladi, xotirasi past, eshitishda xam muammolar bor. Bir mullabobomiz ismini ko‘tarolmayapti debdi. Doktorlar ko‘rigidan o‘tganmiz, muammolar yo‘q degan. Savol: azonni qaytadan aytsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Mulla bobo noto‘g‘ri gapiribdi. Ism bir yukmidikin uni biror og‘iri bo‘lsa? Yoki bir quloqqa yoqimsiz be’mani ismmidiki bola o‘z ismidan nafratlanadigan?! Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:03 | Savol-javoblar | 159 | Bola tarbiyasi