Bolani oldirish

Assalomu alaykum! Hurmatli Zikr ahlidan so‘rang hay’ati, bir yaqin do‘stimni savoli. Ayoli etti oylik homilador ekan. Xomila nuqsonli, nogiron bola ekan. 5 ta doktorga uchrabdi hamma tekshirib bir xil javob beribdi. Doktorlar bolani oldirish kerak deyayotgan ekan. Do‘stim hozir juda boshi qotgan. Zikr axlidan so‘rang telegram kanalida 103-sonli videoda Shayx Muxammad-Sodik Muxammad-Yusuf rahimullohni gaplarini bir eriga tushonalmapti. Jon kirmasdan turib bolani oldirsa bo‘ladi degan gaplariga. Etti oylik bolaga jon kirgan bo‘ladimi? Xomilador ayoli xam hozir og‘riq bilan juda qiynalayotgan ekan. Qanday yo‘l tutish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu vaqtda jon kirgan bo‘ladi. Qat’iy aniqlik bo‘lmasa, imkon qadar tug‘sin. Yana ham bu borada oxirgi xulosani Allohdan qo‘rquvchi, insofli mutaxassis doktor aytsin. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 07:11 | Savol-javoblar | 177 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar