Ibn Umar

Ustoz! Abdulloh ibn Umar R.A. bir kuni tush ko‘rsalar tushlarida do‘zahga yaqin keltiriliptilar yoki shunga o‘xshash, keyin buni opalariga aytib berganlarida, opalari Rosululloh SAV ga etkazibtilar, Rosululloh SAV Abdulloh o‘zi solih bola yoki kishi ammo tungi namozni o‘qimaydida degan ekanlar, shu hadis haqiqatda 6 mo‘tabar kitoblarimizda bormi? Tungi ibodatsiz shundoq ahvolga tushib qolish ham mumkinmi?Alloh Taolo barchamizni jannatiylardan qilsin amin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Tushimda qo‘limda bir parcha shoyi borligini ko‘rdim. Unga jannatning qaeriga ishora qilsam, meni o‘sha erga uchirib olib borar edi. Bas, men uni Hafsaga aytib berdim. U Nabiy sollallohu alayhi vasallamga aytgan ekan:«Albatta, ukang solih odamdir» yoki «Abdulloh solih odamdir», debdilar».Buxoriy, Termiziy va Muslim rivoyat qilishgan.

4 May 2022, 04:59 | Savol-javoblar | 154 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar